05:18 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Dunyoda
Havola olish
822 0 0

Qayd etilishicha, chegaradagi otishma natijasida 19 yoshli tojikistonlik harbiy xizmatchi oyogʻidan yarador boʻlgan.

TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi Qirgʻiziston bilan chegarada yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan bayonot berdi.

Mamlakat MXDQ Chegara qoʻshinlari matbuot xizmati xabariga koʻra, qirgʻiz tomoni Tojikiston bilan chegarada ilgari imzolangan bitimlarni buzgan. Yakshanba kuni Chichilik qishlogʻidan boʻlgan qirgʻiz choʻponlari chegarani kesib oʻtib, Sugʻd viloyati hududiga oʻtgan.

Chegaraoldi rejimi buzilishi Puli Oftobroʻya qishlogʻi aholisining noroziligiga sabab boʻlgan va ulardan Tojikiston hududini tark etishlarini soʻrashgan.

“Qirgʻiz tomoni chegaraning bahsli hududlari chizigʻini belgilaydigan ikki tomonlama bitimga rioya qilmasdan hodisa joyiga chegarachilarning qoʻshimcha kuchini joʻnatgan va ular Puli Oftobroʻyaning qurolsiz odamlariga qarata oʻt ochgan”, - deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, otishma natijasida 19 yoshli tojikistonlik harbiy xizmatchi oyogʻidan yarador boʻlgan.

Tojik tomoni qirgʻiz chegarachilarining ushbu provakatsion xatti-harakatlarini davlat chegarasidagi vaziyatni sunʼiy beqarorlashtirishga urinish deb baholagan.

Hozirgi vaqtda Qirgʻiziston va Tojikistonning tegishli organ vakillari vaziyatni normallashtirish uchun aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib bormoqda

Avvalroq Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasida navbatdagi qisqa otishma sodir boʻlgani xabar qilingan edi. Qirgʻiziston Davlat chegara xizmati xabariga koʻra, qirgʻiz chegarachilari Batkent viloyati hududida Tojikistonning Vorux qishlogʻi aholisining mol boqishga boʻlgan urinishini oldini olishgan. Shuningdek, tojik tomonidan nomaʼlum shaxslar qirgʻizistonlik chegarachilarga qarata oʻt ochgani aytilgan edi.

Asosiy mavzular