Kardiolog Leo Bokeriya koronavirus epidemiyasi qachon tugashini aytdi

© Press-slujba Minzdrava UzbekistanaAkademik Leo Bokeriya
Akademik Leo Bokeriya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning yetakchi kardiolog shifokori Leo Bokeriya koronavirus epidemiyasi yoz oxirida tugashi mumkinligini prognoz qildi.

TOShKENT, 25-may - Sputnik. Koronavirus infeksiyasi ustidan g‘alaba kuzgacha qo‘lga kiritilishi mumkin, Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi ilmiy markazi prezidenti, Butunrossiya «Millat salomatligi ligasi” prezidenti va Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi Leo Bokeriya suzlarini keltiradi RIA Novosti.

"O‘ylaymanki, yoz oxiriga biz ushbu kasallikni yengamiz", - dedi u RIA Novosti-ga bergan intervyuda.

Yakshanba kuni "Rospotrebnadzor" rahbari Anna Popova, Rossiyada pandemiya bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashganini, prognozlar va istiqbollar "barqaror va muvaffaqqiyatli" ekanligini, 44 mintaqa cheklovlarni olib tashlashga tayyor yoki yaqin kunlarda boshlashi mumkinligi haqida habar berdi.

Shu bilan birga, Popova, Rossiyada kuniga qayd etilgan koronavirus tufayli vafot etganlar soni, infeksiyani yuqtirish holatlarining kamayishiga qaramay, ko‘payishi haqida ogohlantirdi, chunki epidemiya paytida o‘lim cho‘qqisi yuqtirish chuqqisidan kechroq keladi.

Rossiyada bugungi kunga qadar 344 mingta infeksiyaga chalinish holati aniqlandi, 113 ming bemor davolandi, 3541 kishi vafot etdi.

O‘zbekistonda kasallanganlar soni 3180 kishini tashkil etdi. 2565 kishi davolandi. 13 kishi infeksiya qurboni bo‘ldi.

Rossiya, O‘zbekiston va dunyoda COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar stopkoronavirus.rf va coronavirus.uz portallarida keltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0