Kozlov: AQShning ochiq osmon to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishi haqida gapirishga hali erta

© Sputnik / Sanjar AliaskarovPolitolog Sergey Kozlov
Politolog Sergey Kozlov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siyosatshunos, RANXiGS filiali - Sibir Boshqaruv instituti, siyosat va xalqaro aloqalar fakulteti dekani Sergey Kozlov AQSh prezidenti Donald Tramp nima uchun balandparvoz bayonotlar berayotganini tushuntirdi.

AQSh yetakchisi Donald Tramp payshanba kuni Vashington Ochiq osmon shartnomasi (DON) dan chiqib ketishi va Rossiya "o‘z majburiyatlarini bajarmaguncha" kelishuvdan chiqib turishini e’lon qildi. Shu bilan birga u yangi kelishuvlar ishlab chiqilishini istisno qilmadi.

Rossiya shartnomani buzganligi haqidagi AQShning da’volarini bir necha bor rad etdi. Juma kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Moskva AQSh bilan , shu jumladan DON bo‘yicha, faqat o‘zaro kelishuv asosida muzokaralar olib borishini va Vashingtonning har qanday ultimatumlari nomaqbulligini e’lon qildi.

Siyosatshunos, RANXiGS filiali - Sibir Boshqaruv instituti, siyosat va xalqaro aloqalar fakulteti dekani Sergey Kozlov ta’kidlaganidek: Trampga aynan o‘zi tashqi siyosat kun tartibini belgilaydigan shaxs ekanligini ko‘rsatishi muhim, chunki u prezidentligicha qolishiga yaqinlashdi.

Ekspertning fikriga ko‘ra, bu Amerika rahbarining ochiq osmon, SNV-3 shartnomasi va xalqaro tartibini qayta qurish to‘g‘risidagi balandparvoz bayonotlar berishining sabablaridan biridir.

"Biroq, uning barcha istaklari qaysidir ma’noda amalga oshadi deyishga hali erta. Ochiq osmon bo‘yicha shartnoma qurol nazorati ta’minlanishining muhim elementi hisoblanadi. Ularning samolyotlari bizning hududimiz va biznikilar larning hududi uzra uchishi har bir mamlakatning o‘z mudofaasi sohasida qilayotgan ishini nazorat qilish imkoniyatini beradi. Trampning shartnomadan voz kechishga urinishi aynan shu shartnomaning qanchalik muhimligini namoyish etadi. Trampning so‘zlari qanchalik balandparvoz bo‘lsa, ularning amalga oshmasligi ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi",- dedi siyosatshunos Sputnik radiosida.

To‘liq sharhni radiopodkastda tinglang.

Kozlov: govorit o vixode SShA iz Dogovora po otkritomu nebu poka rano
Yangiliklar lentasi
0