Putin ShHT sammitini kuzga ko‘chirdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinimayet uchastie v zasedanii Soveta glav gosudarstv – chlenov ShOS v Bishkeke
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v zasedanii Soveta glav gosudarstv – chlenov ShOS v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan ShHT sammiti onlayn o‘tkazish nazarda tutilmagan, u kuzda odatiy tartibda bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 27-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ShHT sammitini kuz mavsumiga ko‘chirishga qaror qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Rossiya prezidentiga yaqin bo‘lgan manbaaga asosan. 

ShHT sammiti 22-23 iyul kunlari Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Barcha mamlakatlarda muvaffaqiyatli hal qilinmagan epidmiologik vaziyat tufayli uni kuzga ko‘chirishga qaror qilindi, - deyilgan xabarda. 

"Sammitni videoaloqa orqali o‘tkazish nazarda tutilmagan, batafsil fikr almashib olish uchun yuzma-yuz uchrashuv kerak", - deyilgan xabarda. 

JST 11-mart kuni umumjahon koronavirus pndemiyasini e’lon qilgan edi. Bugungi kunda dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 5,4 million kishiga yaqinlashmoqda, ulardan 343 ming nafari vafot etgan. 

 

Yangiliklar lentasi
0