AQSh dunyoda o‘z nufuzini yo‘qotmoqda va pandemiya bu jarayonni yanada tezlashtirdi - Luzanin

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishSergey Luzanin rasskazal, chto ojidat ot sammita ShOS
Sergey Luzanin rasskazal, chto ojidat ot sammita ShOS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
TIV Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti professori Sergey Luzanin pandemiya AQShda qanday ichki muammolar borligini ko‘rsatganligi, xalqaro maydonda amerikaliklarning qanday maqsadlari borligi va bularning hammasi qanday yakun topishi haqida mulohaza qildi.

Luzanin ta’kidlashicha, Xitoy-AQSh munosabatlarining hozirgi keskinlashuvining sabablari ko‘ringanidan ancha chuqur, murakkab va tizimlidir.

Uning fikriga ko‘ra, albatta qisman AQSh prezidenti Donald Tramp o‘ziga noyabr oyidagi saylovlar arafasida ko‘proq manfaat yig‘ish uchun Xitoy bilan raqobatni rivojlantirishga harakat qilmoqda.

Biroq, bu bunday siyosatning asosiy va yagona sababi emas, deydi ekspert.

"Asosiy sabablar birinchi bo‘lib pandemiyadan halos bo‘lgan va iqtisodiyoti tiklanayotgan Xitoy bilan AQShning geosiyosiy raqobati bilan bog‘liq. U AQSh uchun qo‘shimcha g‘azabga keltiruvchi omildir", - dedi Luzanin "Rossiya segodnya" XAA'da bo‘lib o‘tgan onlayn-konferensiyasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh qasddan dunyo hamjamiyatida Xitoyga nisbatan salbiy munosabatni shakllantirishga harakat qilmoqda va garchi bu chaqiriq "mutlaqo asossiz" bo‘lsa ham, "dunyo uchun va alohida mintaqalar uchun katta tahdid solmoqda".

Luzanin amerikaliklarning BSST va boshqa xalqaro tashkilotlarga qarshi ayblovlari va hujumlari haqida gapirganda, barcha urinishlar natija bermasligini ta’kidladi.

"Amerikaliklar har qancha "parallel institutlar"ni yaratishni yoki o‘zlarining global boshqaruvlarini amalga oshirishni xohlashmasin, buning iloji yo‘q. Amerikaning asri asta-sekin tugamoqda va o‘tmishga g‘arq bo‘lmoqda. Pandemiya bu jarayonlarni yanada kuchaytirdi", - dedi u.

Mutaxassisning to‘liq sharhini radiopodkastda tinglang.

Luzanin: SShA terayut svoe vliyanie v mire, i pandemiya obostrila etot protsess
Yangiliklar lentasi
0