Moskvada o‘zini o‘zi yakkalash rejimi 14-iyungacha uzaytirildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSotrudniki politsii na Krasnoy ploshadi
Sotrudniki politsii na Krasnoy ploshadi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1 iyundan boshlab niqob rejimi kuchaytiriladi, poytaxtda restoran, kafe, bar va boshqa ovqatlanish korxonalari hozircha ishlamay turadi.

TOShKENT, 28-may - Sputnik. Moskva meri Sergey Sobanin o‘zini o‘zi yakkalash rejimini 14-iyunga qadar uzaytirdi.

Gospital COVID-19 v GKB №15 imeni O. M. Filatova - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada bir kunda rekord darajadagi bemor koronavirusdan tuzalib ketdi

Shunday qilib, poytaxtda hozircha restoran, kafe, bar va boshqa ovqatlanish joylari faoliyati to‘xtatitib turiladi. Ular faqat taomni olib ketish yoki yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatishlari mumkin.

Moskvada barcha nooziq-ovqat savdo do‘konlarini ochiladi. Go‘zallik salonlari, sartaroshxonalar, spa-markazlari, hammomlar esa yopiqligicha qoladi.

Bundan tashqari, 1-iyundan boshlab niqob rejimi kuchaytiriladi. Ko‘chaga chiqishda niqob taqish kerak bo‘ladi, shu jumladan sport bilan shug‘ullanayotganda ham. Jamoat transportida, ishda, do‘konlarda, dorixonalarda, ko‘p tarmoqli markazlarda (MFS) va boshqa har qanday muassasalarda qo‘lqoplardan foydalanish kerak.

Yangiliklar lentasi
0