AQSh "ID"ning bosh tashviqotchisi haqidagi ma’lumot uchun mukofot e’lon qildi

© Commons.wikimedia / AgnosticPreachersKidGosudarstvenniy departament SShA
Gosudarstvenniy departament SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aniqlik kiritilishicha, Abu Bakr al-G‘arib sifatida mashhur bo‘lgan Ramadon Iordaniyada tug‘ilgan. U haqdagi ma’lumot uchun 3 million AQSh dollari va’da qilingan

TOShKENT, 28-may - Sputnik. AQSh "Islom davlati" terroristik uyushmasining katta rahbari va bosh tashviqotchisi Muhammad Xadir Muso Ramadonning qo‘lga olinishida asqotadigan ma’lumot uchun uch million dollargacha mukofot puli to‘lashga tayyor.

Islamskaya Respublika Afganistan - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston maxsus xizmatlari IDning Janubiy Osiyo bo‘limi yetakchisini qo‘lga oldi

Bu haqda AQSh davlat departamenti xabar bermoqda.

"U "ID" uyushmasining OAV sohasidagi uzoq vaqtdan buyon ishlayotgan va yuqori amaldorlaridan biri bo‘lib, ommaviy axborot vositalarida kundalik operatsiyalarni, jumladan global tarmoqdagi "ID" tarafdorlarining kontentini ham qo‘shib boshqarib boradi … Ramadon "ID"ning butun dunyo bo‘yicha tashviqot ruhidagi alohida shaxslarni radikallashtirish, yollash va ig‘vo qilish  bo‘yicha operatsiyalarida muhim rol o‘ynagan. U aybi bo‘lmagan fuqarolarni qiynoqqa solish va ommaviy qatl etish sahnalari aks etgan tashviqot ruhidagi ko‘psonli videoroliklar, maqolalar va onlayn-platformalarni rejalashtirish, muvofiqlashtirish va ishlab chiqarish bo‘yicha rahbarlik faoliyatini amalga oshirgan", - deb xabar qiladi davlat departamenti.

Aniqlik kiritilishicha, Abu Bakr al-G‘arib sifatida mashhur bo‘lgan Ramadon Iordaniyada tug‘ilgan.

Yangiliklar lentasi
0