21:06 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (959)
724 0 0

Taʼkidlanishicha, tadqiqot davomida Xitoydagi savdo nuqtasida sotilgan hayvonlar namunalari oʻrganilgan. Ulardan COVID-19ga olingan test natijalari oʻz tasdigʻini topmagan. Bu esa xaridorlarga infektsiya hayvonlardan oʻtmaganini bildiradi

TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Uxan shahrida joylashgan Xuanan dengiz mahsulotlari bozori 2019-nCoV koronavirusining birinchi manbai boʻlmagan. Bu haqda Kasalliklar profilaktikasi va nazorati milliy markazidagi xitoy olimlari bayonot qildilar, deb yozadi "Daily Mail" nashri.

Taʼkidlanishicha, tadqiqot davomida Xitoydagi savdo nuqtasida sotilgan hayvonlar namunalari oʻrganilgan. Ulardan COVID-19ga olingan test natijalari oʻz tasdigʻini topmagan. Bu esa xaridorlarga infektsiya hayvonlardan oʻtmaganini bildiradi.

"Maʼlum boʻlyaptiki, bozor infektsiyalanish qurbonlaridan biri boʻlgan", — deb aytgan markaz rahbari Gao Fu.

Shu bilan birga virus "oʻrtadagi hayvon orqali" odamlarga yuqishidan oldin koʻrshapalaklarda vujudga kelgani tasdiqlandi. Infektsiyalanishning aniq joyi maʼlum emas.

Xitoy hukumati 2019 yilning 31 dekabrida BSSTni mamlakatning markaziy qismi (Xubey provintsiyasi)da nomaʼlum pnevmoniya avj olgani haqida xabardor etgan edi. Mutaxassislar kasallikning qoʻzgʻotuvchisi yangi turdagi koronavirus boʻlganini aniqladilar, sal keyin kasallik COVID-19, deya rasmiy nom oldi. Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni dunyoda yangi koronavirus pandemiyasini eʼlon qildi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (959)

Asosiy mavzular