21:04 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Dunyoda
Havola olish
114210

KXDR yetakchisiga koʻra, maktab oʻquvchilari taʼqiqlangan materiallar yoki keraksiz saytlarga kirishmayotganini nazorat qilish uchun ularning telefonlari yoki boshqa qurilmalarini tekshirib borish zarur

TOSHKENT, 30 may - Sputnik. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In oʻsmirlar oʻrtasidagi intim aloqalar tufayli "maʼnaviyatsizlik tobora oʻsib borayotgani" haqida gapirdi. Bu haqda argumenti.ru xabar bergan.

Bundan tashqari, u, erta sodir boʻladigan jinsiy aloqalarni davlatga xiyonatga tenglashtirdi. Yosh yigit-qizlarning bu singari oʻzini tutishi "dushmanlarga jamiyatimizni porakanda qilishda qoʻl kelmoqda", deydi KXDR yetakchisi.

New York Post nashrida yozilishicha, Kim Chen In bularning barchasida kapitalizm va pornografiya aybdorligini, aynan shu tufayli oʻsmirlar buzilib ketganini qayd etgan.

"Soʻnggi vaqtlarda katta sinf oʻquvchilari axloqsiz seksual ogʻishlarda tobora koʻproq ishtirok etmoqda va Koreya ishchi partiyasi Markaziy qoʻmitasi ularga qarshi qatʼiy choralar koʻrish boʻyicha direktiva nashr etdi", - deb bayonot qilgan Shimoliy Koreya yetakchisi.

Hujjatga koʻra, ota-onalar va maktab rahbariyati "tarbiyasiz yoshlar uchun" javobgar boʻladilar.

Kim Chen In "jinsiy axloqsizlik" oʻsishini toʻxtatish yoʻli haqida ham fikr bildirgan. KXDR yetakchisiga koʻra, maktab oʻquvchilari taʼqiqlangan materiallar yoki nojoiz saytlarga kirmayotganini nazorat qilish uchun ularning telefonlari yoki boshqa qurilmalarini muntazam tekshirib borish zarur.

Asosiy mavzular