Rossiyada aniqlangan koronavirus holati 400 mingtadan oshib ketdi

© Sputnik / Ilia Pitalev / Mediabankka o‘tishPassajiri na stansii "Ploshad Revolyutsii" moskovskogo metropolitena
Passajiri na stansii Ploshad Revolyutsii moskovskogo metropolitena - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada aniqlangan koronavirus holatining umumiy soni 405 843 taga yetdi. Shulardan 171,8 mingdan ziyodi tuzalib ketgan.

TOShKENT, 31-may — Sputnik. Rossiyada so‘nggi sutka davomida koronavirus bilan bog‘liq 9268 ta yangi holat aniqlandi. Aniqlangan holatlarning umumiy soni 405 843 taga yetdi. Bu haqda mamlakat tezkor shtabi ma’lumotlari darak bermoqda.

Otkritie texnologicheskogo sentra Novamedika - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadagi birinchi koronavirusga qarshi dori ma’qullandi

Eng ko‘p holat Moskvada (+2595) aniqlangan. Moskvada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 180 791 nafarga yetgan.

Rossiyada koronavirusdan 171,8 mingdan ziyod kishi tuzalib ketgan. 4693 ta o‘lim holati qayd etilgan. Dunyoda Rossiya koronavirus bo‘ycha AQSh va Braziliyadan keyingi o‘rinda qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0