Tramp G7 sammitini sentabrga ko‘chirdi va unga Rossiyani taklif qilish niyatida

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishSammit G20 v Gamburge
Sammit G20 v Gamburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti “Katta yettilik”ni “mamlakatlarning juda eskirgan guruhi” deb atagan va uchrashuvga yana to‘rtta davlatni taklif qilib, uning formatini kengaytirmoqchi ekanini ma’lum qilgan.

TOShKENT, 31-may — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp G7 sammitini iyundan sentabrga qoldirishga qaror qilgani va unga Rossiyani taklif qilmoqchi ekanini ma’lum qildi. Bu haqda CNN telekanali xabar qildi.

Fragment Kapitoliya - zdanie Kongressa SShA v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
AQSh kongressi Rossiyaning G7 sammitiga qo‘shilishi bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi

“Men uni  qoldirapman, chunki G7 dunyoda yuz berayotgan hodisalarni tegishli ravishda taqdim etayotganini his etmayapman. Bu juda eskirgan mamlakatlar guruhi”, - degan Tramp.

U sammitga yana to‘rt mamlakatni taklif etmoqchi ekanini qo‘shimcha qilgan: Rossiya, Avstraliya, Hindiston va Janubiy Koreyani.

O‘z navbatida, Oq uyning strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Alissa Farahning so‘zlariga ko‘ra, sammitning kengaytirilgan tarkibi Xitoy bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishga imkon beradi.

G7 sammitini 10-12 iyun kunlari o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Keyinchalik iyun oxirida bo‘lib o‘tishi aytilgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0