Quddusdagi Al-Aqso masjidi ibodat uchun ochildi

© Sputnik / N. Mixalchenko / Mediabankka o‘tishVidi Izrailya. Mechet al-Aksa
Vidi Izrailya. Mechet al-Aksa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Quddusdagi Al-Aqso masjidi islom dunyosidagi muqaddas joylardan biri sanaladi. U koronavirus tufayli 70 kun oldin yopilgan edi.

TOShKENT, 31-may — Sputnik. Koronavirus tufayli yopilgan Quddus shahridagi Al-Aqso masjidi 70 kundan so‘ng ibodat uchun o‘z eshiklarini ochdi. Bu haqda WAFA agentligi xabar qilmoqda.

“Quddusdagi Al-Aqso masjidi bugun tongda koronavirus tufayli 70 kun yopilgandan so‘ng ochildi”, - deyilgan xabarda.

Masjid direktori Umar al-Kisvani masjid Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalariga amal qilgan holda ochilganini ma’lum qilgan.

Al-Aqso masjidi mo‘min-musulmonlar uchun Makka va Madina shaharlaridagi Masjidul Haromlardan keyingi uchinchi ulug‘ qadamjo hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0