Armaniston bosh vaziri va uning butun oilasi koronavirus yuqtirib oldi

© Sputnik / Aram NersesyanKandidat v premyer-ministri Armenii Nikol Pashinyan v Natsionalnom Sobranii Armenii (8 maya 2018). Yerevan
Kandidat v premyer-ministri Armenii Nikol Pashinyan v Natsionalnom Sobranii Armenii (8 maya 2018). Yerevan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va uning oila a’zolari koronavirus bilan kasallangani ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va uning butun oilasi koronavirus yuqtirib oldi. Bu haqda Sputnik Armaniston nashri xabar qilmoqda.

“Kecha mening koronavirus infeksiyasiga topshirgan testim musbat chiqqani ma’lum bo‘ldi. Menda hech qanday alomat yo‘q edi, lekin safarga jo‘nab ketishim bois test topshirishga qaror qildim. Barcha oila a’zolarimning testi musbat chiqqan”, - deya aytgan u Facebookʼdagi jonli efir chog‘ida.

Bosh vazir qarorgohdan turib ishlashda davom etishini ma’lum qilgan.

“Bu yerda mening barcha sharoitlarim, aloqa vositalarim bor. Imkoni bo‘lganga qadar ishlayman”, - degan Pashinyan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Armanistonda aniqlangan koronavirus holati 9,2 mingtadan oshgan. 131 ta o‘lim holati qayd etilgan. 3,3 mingdan ziyod kishi ushbu kasalliklikdan tuzalib ketgan.

Yangiliklar lentasi
0