Zaxarova AQShdagi tartibsizliklar ortida Rossiya turishi haqidagi ayblovga javob qaytardi

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishBrifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyani AQShda tartibsizliklariga aloqadorlikda ayblash - axborotni manipulyatsiya qilishning iflos usuldir.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyani AQShda tartibsizliklariga aloqadorlikda ayblash - axborotni manipulyatsiya qilishning iflos usulidir.

Protesti v Minneapolise - Sputnik O‘zbekiston
AQSh qanday qilib tartibsizliklar girdobida qoldi – video

Bundan avval AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha sobiq maslahatchisi Syuzan Rays Qo‘shma Shtatlardagi norozilik va zo‘ravonliklar ortida Rossiya turishi mumkinligini aytdi. U bunda hech qanday dalil keltirmasdan, o‘z tajribasiga asoslanishini ta’kidladi.

"Rays xonim! Bir vaqtlar partiya bo‘yicha o‘rtoqlaringiz halokatli xatoga yo‘l qo‘ydilar – ular, Rossiyani siz yoqtirmaydigan barcha narsada ayblash haqidagi ahmoqona konsepsiyani o‘ylab topishdi. (AQShning sobiq davlat kotibi) Xillari Klinton va butun jamoa (AQShning sobiq prezidenti Barak) Obama o‘zlarini ishontirdi va butun dunyoni AQShning ichki muammolari kimdir "tashqaridan", xususan Rossiya tomonidan yaratilayotgani va kuchaytirayotganiga ishontirishga harakat qilishgan. CNN jurnalisti axborotni manipulyatsiya qilishning iflos usullarini qo‘llagan holda Siz hozir bu xatoni qaytarishga harakat qilyapsiz: soxta bayonotlar va ularni qo‘llab-quvvatlash faktlari nol. CNN’ga bergan intervyuingiz – bu propaganda”, - deb yozdi Zaxarova Facebook’da.

AQShning fikriga ko‘ra, ruslar tomonidan Amerika shaharlarida norozilik namoyishlarini o‘tkazish uchun foydalanadigan o‘sha “ijtimoiy tarmoqlar” "AQShda ro‘yxatdan o‘tgan, amerikaliklarga tegishli va u yerdan qonuniy tartibga solinadi", deya eslatdi u.

"Siz yana “rus kartasi”ni o‘ynashga harakat qilyapsizmi? Siz juda ko‘p o‘yinga berilib ketingiz, haqiqatga qayting. Odamlaringiz oldiga chiqib, ularning ko‘zlariga qarab, ular ruslar tomonidan Youtube va Facebook  orqali boshqarilishini ayting. Men esa amerikancha "o‘ziga xoslik harakatda” ko‘raman" – deb qo‘shimcha qildi Mariya Zaxarova.

AQShdagi tartibsizliklar Minneapolisda politsiya tomonidan qo‘lga olingan afro-amerikalik Jorj Floyd o‘limidan so‘ng boshlandi. Mamlakatning 25 ta shahrida ommaviy noroziliklar tufayli komendantlik soati e’lon qilingan.

AQShning 40 dan ortiq shaharlari, shu jumladan Los-Anjeles, San-Fransisko, Beverli-Xillz, Chikago, Orlando, Atlanta, Denver, G‘arbiy Gollivud va boshqa hududlarda komendantlik soatlari joriy etildi.

Yangiliklar lentasi
0