14:08 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
302 0 0

AQSH prezidentining milliy xavfsizlik masalalari boʻyicha sobiq maslahatchisi Syuzan Rays ilgariroq AQShdagi noroziliklar ortida Rossiya turgan boʻlishi mumkinligini aytdi.

TOSHKENT, 1 iyun - Sputnik. AQShda norozilik namoyishlarini uyushtirganlikda Rossiyani ayblash, ham doimgidek, soxta xabarlarga asoslangan yana bir Rossiyaga qarshi kampaniyaning bir qismi boʻlishi mumkin, dedi Rossiya Federatsiya Kengashi xalqaro qoʻmitasi rahbari Konstantin Kosachyov.

AQSH prezidentining milliy xavfsizlik masalalari boʻyicha sobiq maslahatchisi Syuzan Rays ilgariroq AQShdagi noroziliklar ortida Rossiya turgan boʻlishi mumkinligini aytdi. Rays biron bir isbot yoki aniq dalil keltirmadi.

“Amalga oshdi. Amerikaning soxta xabarlar mashinasi uzoq kutilgan harakatlarga yogʻsirab gʻichirab, shangʻillab kirishdi”, -  deb yozdi Kosachyov feysbukda.

“Bu juda kulgili boʻlgan boʻlar edi. Biroq bu juda qaygʻuli boʻladi, chunki qargʻalar uchishidan oldin birinchi qaldirgʻoch boʻlishi mumkin”, - dedi senator.

Parlament aʼzosining soʻzlariga koʻra, rasmiy Vashington ongiga "bu safar Amerika shaharlarida sodir boʻlayotgan barcha dahshatlar yetib boradi – jabrlanayotganlarning barchasiga va boʻlajaklariga samimiy hamdardlik soʻzlari, hamda, milliy fojia ustidan siyosiy oʻyinlarga yoʻl qoʻymaslik uchun oddiygina  oʻzini oʻzi asrash instinkti yetarlicha boʻlishiga ishonch bildirgan.

Kosachyov, shuningdek, Raysning bayonoti toʻgʻridan-toʻgʻri haqorat ekanini taʼkidladi –  bu nafaqat bu holatda umuman aralashmagan Rossiyaga, balki oʻz halqi va AQSH fuqarosi Jorj Floydning xotirasiga nisbatan haqoratdir.

Afro-amerikalik Jorj Floyd politsiya qoʻlidan halok boʻlganidan keyin Minneapolis va boshqa bir qator shaharlarda tartibsizliklar avj oldi. Internetda politsiyachilar Floydni kishanlab, uni yiqitib, uchtasi uning ustiga chiqib olgani, ulardan biri esa tomogʻini tizzasi bilan ezib turgani tasvirlangan videolar paydo boʻldi. Videoda Floyd bir necha bor nafas ololmayotganini aytadi, soʻngra tinchlanib qoladi. U jonlantirish boʻlmida vafot etdi. Tartibsizliklar boshlanganidan keyin toʻrt nafar politsiyachi ishdan boʻshatildi, ulardan biri ehtiyotsizlik natijasida odam oʻldirishda ayblanmoqda.

Asosiy mavzular