19:50 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Dunyoda
Havola olish
76210

Samsung smartfonlarini ishdan chiqaradigan rasm tvitterda tarqaldi. Kompaniya ayni vaqtda bu muammoni oʻrganib chiqmoqda.

TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Ice Universe nikli tvitter foydalanuvchisi Samsung smatfonlarini ishdan chiqarishga qodir boʻlgan suratni chop etdi.

“Bu suratni hech qachon “zastavka”ga oʻrnatmang, ayniqsa Samsung smartfonlariga”, - deb ogohlantirdi u.

Rasmda quyoshning botishi fonida togʻlar va koʻl manzarasi tasvirlangan.

Foydalanuvchilar fotosurat oʻrnatgandan soʻng, ularning gadjetlari qayta ishga tushish, miltillash va oʻchirib qolishni boshladi. Smartfon egalarining baʼzilari barcha maʼlumotlarni oʻchib ketganini aytishdi.

Keyinchalik post muallifi Samsung kompaniyasi ushbu muammoga munosabat bildirgani va maxsus “yangilanish” tayyorlanishini maʼlum qildi.

Asosiy mavzular