17:54 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
232 0 0

Taʼkidlanishicha, AQSH bilan tinchlik muzokaralari davomida toliblar “Al-Qoida”* aʼzolari bilan kamida olti marta oliy darajadagi uchrashuv oʻtkazgan.

TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. “Tolibon”* radikal harakati AQSH bilan tinchlik bitimiga qaramasdan haligacha “Al-Qoida”* terrorchilik tashkiloti bilan aloqalarni davom ettirib kelmoqda. Bu haqda Birlashgan millatlar tashkiloti hisobotida aytilgan.

Taʼkidlanishicha, AQSH bilan tinchlik muzokaralari davomida toliblar “Al-Qoida”* aʼzolari bilan kamida olti marta oliy darajadagi uchrashuv oʻtkazgan. Ushbu terrorchilik tashkiloti yetakchilari hamda bir necha yuz jangarilari hozirgacha Afgʻonistonda boʻlib turibdi.

“Tolibon”*ning, ayniqsa, “Haqqani tarmogʻi” va “Al-Qoida”* bilan aloqalari juda yaqinligicha qolmoqda, ular doʻstlik, umumiy kurash tarixi, mafkuraviy birdamlik va aralash nikohlarga asoslangan”, - deyilgan xabarda. Undan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Fevral oyining oxirida Qatarda boʻlib oʻtgan marosimda AQSH va "Tolibon" radikal harakati 18 yil deganda birinchi marta tinchlik haqida bitim izoladilar. Bitim 14 oy mobaynida Afgʻonistondan chet el qoʻshinlari toʻliq chiqarilishini va mart oyida oʻzaro asir almashinuvidan soʻng afgʻonlararo muloqot boshlanishini koʻzda tutadi.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari

Asosiy mavzular