17:21 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
780 0 0

“Ural avialiniyalari” bosh direktori xorijga parvozlar avgust-sentyabr oylarida tiklanishi mumkinligini xabar qildi.

TOSHKENT, 2 iyun – Sputnik. “Ural avialiniyalari” bosh direktori Sergey Skuratov xorijga parvozlar qachon qayta tiklanishini xabar qildi. Bu haqida RIA Novosti RBK nashriga asosan xabar qilmoqda.    

“Ehtimol avgust-sentyabr oylarida xalqaro yoʻnalishlarda parvozlar ochiladi”, - dedi Skuratov RBK nashriga.

“Ural avialiniyalari” bosh direktori aytishiga qaraganda birinchi bosqichda MDH davlatlari hamda Gruziyaga parvozlar tiklanadi.

Eslatib oʻtamiz, koronavirus pandemiyasi eʼlon qilinganidan soʻng Rossiya 27 mart kuni xorijiy mamlakatlar bilan doimiy charter parvozlarni bekor qilgan edi. Istisno tariqasida xorijda qolgan fuqarolarni olib chiqish, yuk tashishb sanitar va gumanitar parvozlar, tranzit va boʻsh samolyotlar parvoziga ruxsat berilgan edi.

Asosiy mavzular