10:19 10 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Dunyoda
Havola olish
522 0 0

Yangilangan roʻyxatdagi 130 ta davlat fuqarolari Chernogoriyaga karantinga rioya qilmasdan va koronavirusga test topshirmasdan tashrif buyurishlari mumkin.

TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Chernogoriya 1 iyundan yuzdan ortiq, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari uchun chegaralarini ochdi. Bu haqda Chernogoriya sogʻliqni saqlash jamoatchiligi instituti xabar qildi.

Yangilangan roʻyxatdagi 130 ta davlat fuqarolari karantinga rioya qilmasdan va koronavirusga test topshirmasdan tashrif buyurishlari mumkin. Koronavirus tarqalishining sezilarli sekinlashgan, yangi holatlar soni pasayishi qayd etilgan mamlakatlardan kirishga ruxsat beriladi. Aholisining har 100 ming nafaridan 25 nafardan kamrogʻi koronavirus yuqtirib olgan davlat fuqarolariga ruxsat berilgan.

Roʻyxatga MDH davlatlaridan Ozarbayjon, Gruziya, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston kiritilgan.

Avvalroq Chernogoriya pandemiyani yenggan Yevropadagi birinchi davlatga aylangani haqida maʼlum qilgan edi. Mamlakat boʻylab 324 kishi koronavirus bilan kasallangan, shulardan 9 nafari vafot etgan.

Asosiy mavzular