11:52 10 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Dunyoda
Havola olish
116 0 0

"Arktika-M" ikkita kosmik kemasi orbitaga chiqarilgandan soʻng doimiy ravishda atmosfera va Yerning qutblaridagi holati toʻgʻrisida tezkor maʼlumotlarni uzluksiz olish imkoni paydo boʻladi.

TOSHKENT, 2 iyun - Sputnik. Lavochkin nomidagi Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi 2021 yilda shartnomani imzolab,  Arktika mintaqasini masofadan turib tekshirish uchun uchta "Arktika-M" kosmik kemani ishlab chiqarishni rejalashtirmoqchi. Bu haqda RIA Novostiga Lavochkin nomidagi IICHB bosh direktori Vladimir Kolmikov maʼlum qildi.

Avvalroq Kolmikov birinchi "Arktika-M" meteorologik kosmik kemasini yil oxirida uchirish rejalashtirilganligi, ikkinchi kosmik kema 2023 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan kosmik kema ishlab chiqarilishi davom etayotgangini haqida maʼlum qilgan edi.

"Yana uchta apparat ishlab chiqarishga doir shartnomani 2021 yilda imzolash rejalashtirilmoqda. Ayni paytda ishlab chiqarish tannarxining texnik-iqtisodiy asoslash ustida ish olib borilmoqda", - dedi u.

Jihozlar toʻplami jihatidan "Arktika-M" "Elektro-L" turkumidagi geostatsionar meteorologik apparatlarga oʻxshash boʻladi. Sunʼiy yoʻldosh yuqori elliptik orbitada joylashtiriladi, bu unga Rossiyaning "Elektro-L" sunʼiy yoʻldoshlaridan sustroq koʻrinadigan Yerning qutb mintaqalari holati toʻgʻrisida meteorologik va gidrologik maʼlumotlarni toʻplash imkonini beradi.

"Arktika-M" ikkita kosmik kemasi orbitaga chiqarilgandan soʻng Gidrometeorologiya markazi doimiy ravishda atmosfera va Yerning qutblaridagi holati toʻgʻrisida tezkor maʼlumotlarni uzluksiz olishga qodir boʻladi.

Bu qisqa muddatli ob-havo prognozlarini tayyorlashda modellarning aniqligini yaxshilaydi va olimlarga global iqlim oʻzgarishi fenomenini oʻrganish uchun koʻp yangi maʼlumotlarni taqdim etadi.

Asosiy mavzular