Tiriklayin ko‘milgan erkak qabrdan mustaqil chiqishga muvaffaq bo‘ldi

© AP Photo / Dar YasinIndiyskaya politsiya
Indiyskaya politsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, jabrlanuvchini o‘zi ko‘rgan ziyonlarda ayblagan sobiq ish beruvchisi sheriklari bilan birgalikda olib qochib do‘pposlagan. So‘ngra ko‘mib tashlagan.

TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Hindistonning Gondal shahrida istiqomat qiluvchi Kapil Marakana jinoyatchilar uni tiriklayin ko‘mib ketgandan so‘ng qabrdan mustaqil ravishda chiqdi. Bu haqda The Times of India nashri mahalliy politsiyaga tayangan holda xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, jabrlanuvchini o‘zi ko‘rgan ziyonlarda ayblagan sobiq ish beruvchisi sheriklari bilan birgalikda olib qochib do‘pposlagan. So‘ngra uni qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, ko‘mib tashlagan.

“Marakana qum ostida jon-jahdi bilan to‘lg‘angan va bir oyog‘ini ozod qilgan. Bir qancha urinishdan so‘ng ko‘milgan shaxs qum tagidan chiqishga muvaffaq bo‘lgan”, - deyilgan xabarda.

Jabrlanuvchi yaqin oradagi qamoqxonaga yugurib borgan va bo‘lib o‘tgan voqeani oqizmay-tomizmay politsiyaga ma’lum qilgan. Natijada jinoyatchilar qo‘lga olingan.

Yangiliklar lentasi
0