21:41 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Dunyoda
Havola olish
47620

“Roskosmos” va mudofaa vazirligi oʻrtasida 4 dona “Angara” raketa tayyorlash boʻyicha shartnoma imzolandi.

TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. “Roskosmos” Xrunichem markazi va mudofaa vazirligi “Angara” raketalarini tayyorlash boʻyicha shartnoma imzoladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Angara-A5” modifikatsiyasida boʻlgan 4 dona raketaga buyurtma berildi.

Yanvar oyida raketa va kosmik sohadagi agentlik manbasi “Roskosmos” va Mudofaa vazirligi 2020 yilga sinov parvoziga “Angara-A5” raketalarini yetkazib berish boʻyicha birinchi shartnoma tuzishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi.

Aprel oyida ushbu maʼlumot Roskosmos davlat korporatsiyasi bosh direktori Dmitriy Rogozin tomonidan tasdiqlangan.

Ikkinchi parvoz paytida “Briz-M” kuchaytiruvchi bloki boʻlgan “Angara-A5” raketasi kosmik kemani geostatsionar orbitaga (35786 kilometr) olib chiqilishi kerak. “Angara-A5”ning birinchi parvozi 2014 yil dekabrda “Plesetsk”dan uchirildi, shuningdek, sunʼiy yoʻldoshning geostatsionar orbitaga parvozi bilan amalga oshirildi.

“Angara” - ekologik toza raketalar toifasiga kiradi. U yengil “Angara-1.2”, oʻrta “Angara-A3”, ogʻir “Angara-A5” va modernizatsiya qilingan “Angara-A5M”, shuningdek yuqori quvvatli “Angara-A5V” raketa-tashuvchilarini oʻz ichiga oladi.

Asosiy mavzular