22:17 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Dunyoda
Havola olish
40701

Rossiyalik olimlar tashqi koʻrinishidan koronavirusga oʻxshagan bakteriya-virus yordamida inson organizmida COVID-19ga qarshi immunitet hosil qilishni rejalashtirishmoqda.

TOSHKENT, 3 iyun - Sputnik. Rossiyalik olimlar COVID-19ga qarshi organizmga yogurt shaklida kiritilishi mumkin boʻlgan gʻayrioddiy vaktsinani yaratishmoqda, dedi Rossiya Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti, biotibbiyot fanlari boʻlimi rahbari, akademik Vladimir Chexonin.

Rossiya fanlar akademiyasi Prezidiumining yigʻilishida soʻzga chiqqan Chexonin, Sankt-Peterburgdagi Eksperimental Tibbiyot Institutida ishlab chiqilayotgan inson organizmida SARS-CoV-2 infektsiyasiga qarshi toʻsiq yaratishga qodir boʻlgan, vaktsina haqida gapirdi.

Harbiy shifokor aytishiga qaraganda, ushbu vaktsinani yaratuvchilari S-oqsil probiotik-mikroblarning yuz qismiga genetik muhandislik yoʻli bilan, SARS-CoV-2 koronavirus hujayralarga kirib borishda kalit sifatida foydalanadigan, tolalachalarni joylashtirishga muvaffaq boʻlishgan. "Natijada yuzasida immunogen oqsil boʻlgan bakteriya-virus hosil boʻladi", - deb tushuntirdi Chexonin, uni fermentlangan sut mahsuloti sifatida kiritish mumkin.

Akademik ayni damda ushbu vaktsinaning klinik sinovlari oʻtkazilayotganligini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Tatyana Golikovaning soʻzlariga koʻra, Rossiya 14 platformada koronavirus uchun 47 xil vaktsinani ishlab chiqmoqda.

Asosiy mavzular