00:51 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
96141

Yevroparlement deputati ishtonsiz videokonferentsiyada ishtirok etdi va hamkasblarining kulgusiga qoldi.

TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. Yevroparlamentining irlandiyalik deputat Lyuk Flenagan videokonferentsiya vaqtida hamkasblari oldiga noodatiy koʻrinishda paydo boʻldi.

The Guardian yozishicha, Yevroparlament yigʻilishi qishloq xoʻjalik muammolarini muhokama qilishga bagʻishlangandi.

Deputat Flenagan toʻq rangli koʻylakda, ishtonsiz onlayn efirda paydo boʻldi.

Videoda deputat toʻshak ustida oʻtirgani, vaqti-vaqti bilan oyogʻini silayotganini koʻrish mumkin.

Deputat fermerlik haqida hisobot berayotgan edi.

Uni tinglagan hamkasblar kulishdan oʻzini tutolmadilar. Oxirida qishloq xoʻjaligi qoʻmitasi raisi irlandiyalik deputatga tabassum bilan nutqi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Parlament aʼzosi bu xijolatli holat haqida bilgach, bunga unchalik ahamiyat bermaganligini aytdi.

Asosiy mavzular