00:44 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
282 0 0

Rossiyada katta yoshdagi koronavirus bemorlarini davolash uchun dorilar roʻyxatini kengaytirildi. Yangi versiyada barcha boʻlimlar qayta ishlangan va kengaytirilgan. Xususan, davolashning yangi usuli taqdim etilgan.

TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi katta yoshdagi koronavirus bemorlarni davolash uchun dorilar roʻyxatini kengaytirdi.

Roʻyxatda IFN-β1b rekombinanti, IFN-α rekombinanti va Umifenovir bilan birgalikda qoʻllash kerak boʻlgan Favipiravir, Gidroksizloroxin, Mefloxin, Azitromitsin, Lopinavir va Ritonavir kabi dorilar koʻrsatilgan.

Tasdiqlangan kasallikni davolashning yettinchi metodik tavsiyalar versiyasi Rossiya va xorij klinik tajribasi asosida ishlab chiqilgan.

Yangi versiyada barcha boʻlimlar qayta ishlangan va kengaytirilgan. Xususan, davolashning yangi usuli taqdim etilgan.

Shuningdek, vazirlik tibbiyot muassasalariga kelayotgan barcha bemorlardan antitanacha va COVID-19ga test olishni tavsiya qilgan.

Rossiyada aniqlangan koronavirus holati 432 mingdan oshgan. Shulardan 195 mingdan ziyodi tuzalib ketgan. 5 215 ta oʻlim holati qayd etilgan.

Asosiy mavzular