Lukashenko hukumatni iste’foga chiqardi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident Belarusi Aleksandr Lukashenko
Prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belarus rahbari tomonidan 3-iyun kuni Vazirlar mahkamasini iste’foga chiqarish to‘g‘risidagi farmon imzolandi.

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko hukumatni iste’foga chiqardi, deya xabar beradi “Belarus 1” davlat telekanali.

Davlat rahbari 3-iyun kuni Vazirlar mahkamasini iste’foga chiqarish to‘g‘risida farmonga imzo chekdi.

Avvalroq Lukashenko yig‘ilishda hukumatning yangi tarkibi bo‘yicha takliflarni muhokama qilgan edi. Unda respublika Kengashi (parlamentning yuqori palatasi) raisi Natalya Kochanova, Vakillar palatasi (parlamentning quyi palatasi) raisi Vladimir Andreychenko, prezident ma’muriyati rahbari Igor Sergeyenko va Davlat xavfsizlik kengashi kotibi Andrey Ravkov ishtirok etdi.

Prezident hukumat tarkibidagi o‘zgarishlardan so‘ng "inqilobni kutish kerak emas" deb ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi tufayli "dunyo misli ko‘rilmagan iqtisodiy inqiroz davriga kirgani" sababli, Vazirlar mahkamasida keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi.

Aleksandr Lukashenko po vremya ofitsialnogo vizita v Kiyev - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19 bahonasida ayrim mamlakatlar dunyoni "qayta taqsimlab" olmoqchi - Lukashenko

25 may kuni Lukashenko shu yil 9-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari oldidan yangi Vazirlar mahkamasini shakllantirish rejalarini e’lon qildi. Avvalroq u amaldagi davlat rahbari prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olinganidan so‘ng saylovchilar ishonchini oshirish maqsadida hukumatning yangi tarkibi e’lon qilinishini tushuntirib o‘tdi.

"Befarqlilik" va sabotaj

Sergey Rumas boshchiligidagi hukumat tarkibi 2018-yilda tasdiqlangan. O‘shanda hukumatni almashtirilishiga Lukashenkoning amaldorlarning ishidan noroziligi sabab bo‘ldi. Orshada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlat rahbari qattiq tanqid bilan vazirlarning harakatsizligini tanqid qildi va ularni "befarqlik" va sabotajda aybladi.

Prezident saylovlari

Belarusda prezident saylovlari 9-avgustga belgilangan. Hozirgi paytda yuqori lavozimga 14 da’vogar o‘z nomzodlarini quvvatlashga imzolarni to‘plamoqda. Prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish 5 dan 14-iyulgacha bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng saylovoldi tashviqot boshlanadi.

Respublika Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Gennadiy Kazakevichning ta’kidlashicha, siyosiy kampaniya davrida Belarusdagi vaziyat o‘ta jiddiylashadi, biroq mahkama xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur kuch va vositalarga ega.

Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko, o‘z navbatida, mamlakatda prezidentlik saylovlari arafasida va bevosita saylov kuni "Maydan"ni tashkil etishga yo‘l qo‘ymasligini aytdi.

Yangiliklar lentasi
0