12:04 30 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
435 0 0

Yozuvchi va Kaliforniyadagi respublikachilar partiyasining sobiq raisi Tom Del Bekkaro Jo Bayden boʻlajak prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozonsa, Amerika iqtisodiyoti chuqur tanazzul davriga duch keladi deb hisoblaydi

TOSHKENT, 10 iyun - Sputnik. Demokratik partiyadan nomzod va sobiq vitse-prezident Jo Bayden boʻlajak prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozonsa, Amerika iqtisodiyoti chuqur tanazzul davriga duch keladi, deya xabar beradi FOX News yozuvchi va Kaliforniyadagi respublikachilar partiyasining sobiq raisi Tom Del Bekkaroga tayanib.

Uning taʼkidlashicha, hozirda koronavirus sharoitida Amerika iqtisodiyoti inqirozni boshidan kechirmoqda, mamlakatda rekord darajadagi ishsizlik koʻrsatkichi qayd etildi. Shu sababli, mamlakat iqtisodiy oʻsishni taʼminlaydigan siyosiy islohotlarga muhtoj.

Del Bekkaroning soʻzlariga koʻra, Bayden taklif etayotgan choralar shu qadar salbiy oqibatlarga olib keladiki, agar ular qabul qilinsa, AQSH jiddiy tanazzulga shoʻngʻishi mumkin.

Sharhlovchining fikriga koʻra, Bayden, boshqa ishlar qatorida, hozirgi davlat rahbari Donald Tramp tomonidan amalga oshirilgan va iqtisodiyotning keskin oʻsishiga va ish oʻrinlari sonining koʻpayishiga olib kelgan soliq islohotining bekor qilinishini talab qilmoqda.

Trampning potentsial raqibi yuqori daromad egalariganing daromad soligʻini, kapital oʻsishiga soliqni, tashkilotlar daromad soligʻini oshirishni taklif qilmoqda, iqtisodiy strategiya esa chet eldan keladigan daromadlar soligʻini ikki baravar oshirishni nazarda tutadi.

Ushbu takliflar va uning iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qoʻllab-quvvatlashi mamlakat iqtisodiyotiga zarar yetkazadi, deya xulosa qildi del Bekkaro.

Asosiy mavzular