Koronavirus Markaziy Osiyoda: O‘zbekiston aniqlangan holat bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente
Vozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi hafta ichida O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati bo‘yicha mintaqada ikkinchi o‘ringa chiqdi. Shu bilan birga mamlakatda eng past o‘lim ko‘rsatkichi qayd etilgan.

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. So‘nggi taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlarida jami 26 747 ta koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etilgan.

Qozog‘iston aniqlangan holat va o‘lim bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Mamlakatda bir sutka davomida 258 ta yangi holat tasdiqlangan. Kasallanganlarning umumiy soni 14 496 nafarga yetgan. Shulardan 9114 nafari tuzalib ketgan. Bir hafta davomida o‘lim holati 20 taga ko‘payib, hozirda 73 tani tashkil etmoqda.

Vrach Klinicheskogo meditsinskogo sentra podpisivayet probirki s obrazsami biomaterialov - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri koronavirus yuqtirib oldi

O‘zbekistonda o‘tgan kun davomida 97 ta yangi holat aniqlandi. Shundan 85 tasi karantin muassasalarida, 5 tasi aholi orasida (3 ta Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 2 ta Toshkent shahrida), qolgan 7 tasi esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. 2020-yil 14-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda qayd etilgan koronavirus holati 4994 tani tashkil etmoqda. Shu tariqa O‘zbekistonga mintaqada aniqlangan koronavirus holati bo‘yicha Tojikistonni ortda qoldirib, ikkinchi o‘ringa chiqqan. Koronavirusdan xoli bo‘lgan Surxondaryoda ham aholi orasida 9 ta yangi holat aniqlangan. Respublika bo‘ylab 3910 nafar bemor butunlay davolanib chiqqan. Kechaning o‘zida 116 nafar fuqaro tuzaldi. Mamlakatda 19 ta o‘lim holati kuzatilgan. Qayd etish joizki, bu boshqa davlatlarga qaraganda eng past ko‘rsatkich.

Dezinfitsiruyushiy tonnel pered vxodom na jeleznodorojniy vokzal v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryoga koronavirus qaytdi: O‘zbekistonda aniqlangan holat 5000 taga yaqinlashmoqda

Tojikistonda o‘tgan kun davomida 69 kishida koronavirus aniqlangan va birdaniga 130 kishi darddan forig‘ bo‘lgan. Koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 4971 nafarga yetgan. Shulardan 3288 nafari tuzalib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Qurbonlar soni esa 50 nafarga yetgan.

Qirg‘izistonda jami 2286 kishi koronavirus yuqtirib olgan, shulardan 438 nafari tibbiyot xodimlari. Hozirda 1791 kishi COVID-19ni yenggan. 27 nafar bemor vafot etgan.

Turkmanistonda esa hozirga qadar koronavirus rasman qayd etilmagan va u mintaqadagi infeksiyadan xoli mamlakat bo‘lib turibdi.

Butun dunyo bo‘ylab 7,8 milliondan ziyod kishi koronavirus yuqtirib olgan. 4 milliondan ortiq kishi shifo topgan. Qurbonlar soni 432 mingdan oshgan.

Yangiliklar lentasi
0