Qirg‘iziston bosh vaziri iste’fo berdi

© Press-slujba pravitelstva KirgizstanaPremyer-ministr Kirgizskoy Respubliki Muxammedkaliy Abilgaziyev
Premyer-ministr Kirgizskoy Respubliki Muxammedkaliy Abilgaziyev   - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev iste’fo berdi. U 2018-yil 20-aprelda bosh vazir lavozimiga saylangandi.

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev iste’fo berdi, deb xabar qildi Qirg‘iziston hukumatining matbuot xizmati.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Kirgiziyu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qirg‘iziston barcha muammolarni hal qilishadi, faqat vaqt kerak – Jeyenbekov

Abilgaziyev 2018-yil 20-aprelda bosh vazir lavozimiga saylangandi.

Chastotalar bo‘yicha janjal

Eslatib o‘tamiz, 20-may kuni deputat Janar Akayev parlament yig‘ilishida hukumat ikki dona radiochastotalarni arzon narxda sotganini aytgandi. Deputatning so‘zlariga ko‘ra, bosh vazir ruxsatisiz sotilgan bo‘lishi mumkin emas. U yetkazilgan zararni 5 milliard qirg‘iz somiga baholagan. Ertasi kuni Abilgaziyev parlamentda ayblov bo‘yicha bayonot berdi.

Keyinchalik Bosh prokuratura korrupsiya bilan bog‘liq ish yuzasidan Davlat aloqa agentligining besh kishi, shu jumladan DMXQ xodimlari hibsga olinganini ma’lum qildi.

27 may kuni Abilgaziyev korrupsiya holatlari bo‘yicha tergovga bosim o‘tkazishda ayblanmaslik uchun qisqa muddatli ta’til oldi.

Yangiliklar lentasi
0