AQSh “Vitaz” suv osti apparatining Mariana chuqurligiga sho‘ng‘ishini kuzatishga urindi

© Press-slujba Fonda perspektivnix issledovaniy / Mediabankka o‘tishRossiyskiy podvodniy bespilotnik "Vitaz-D" vpervie dostig dna Marianskoy vpadini
Rossiyskiy podvodniy bespilotnik Vitaz-D vpervie dostig dna Marianskoy vpadini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika kreyseri va razvedka samolyotlari Rossiyaning “Vitaz” uchuvchisiz apparatining Mariana chuqurligiga sho‘ng‘ishini kuzatishga urinishdi.

TOShKENT, 14-iyun - Sputnik. Amerika kreyseri va razvedka samolyotlari Rossiyaning “Vitaz” uchuvchisiz apparatining Mariana chuqurligiga sho‘ng‘ishini kuzatishga urinishdi, deb xabar berdi "Zvezda" kanaliga "Rubin" Dengiz texnikasi markaziy konstruktorlik burosi va Istiqbolli tadqiqotlar jamg‘armasi vakillari.

Neftanie tankeri u prichala - Sputnik O‘zbekiston
Neft urushida AQSh Rossiyaga qanday yordam berdi?

Buro bosh mutaxassisi Roman Sokolov ta’kidlagashicha, kreyser apparat pozitsiyada joylashishi boshlanganidan ko‘p vaqt o‘tmay paydo bo‘ldi. O‘z navbatida “Vitaz-D” loyihasi rahbari Sergey Lopsarning so‘zlariga ko‘ra, "Poseydon" samolyoti kuniga ikki marta uchuvchisiz apparat chuqurlikka tushurilgan  “Fotiy Krilov” buksirini aylanib uchib o‘tardi.

Telekanal sho‘ng‘ish joyidan uzoq bo‘lmagan joyda suratga olingan Amerika kreyseri va samolyotlari tasvirlarni namoyish qildi. Shu bilan birga, “Zvezda” ta’kidlashicha, AQSh suratga va videoga olishga biroz kechikdi.

“Ular paydo bo‘lgan vaqtga kelib “Vitaz” allaqachon suvga tushirilib bo‘lgan edi”, - deb ma’lum qildi telekanal.

May oyida Rossiyaning avtonom uchuvchisiz “Vitaz-D” suv osti apparati birinchi marta Mariana chuqurligi tubiga sho‘ng‘idi va 10028 metr chuqurlikni qayd etdi. Istiqbolli tadqiqotlar fondida ta’kidlashganidek, “Vitaz” Jahon okeanining eng chuqur nuqtasiga yetib borgan bu turdagi birinchi qurilma bo‘ldi. Bu hududda ishlagan Yaponiyaning Kaiko va Amerikaning Nereus apparatlaridan farqli o‘laroq, “Vitaz-D” sun’iy intellekt elementlaridan foydalangan holda to‘liq avtonom ishlaydi.

Yangiliklar lentasi
0