Rossiya SSV koronavirusga qarshi vaksina sinovi tafsilotlarini ochiqladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishSotrudnik v laboratorii
Sotrudnik v laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazida ishlab chiqilgan COVID-19ga qarshi preparatning odamlarda sinovdan o‘tkazilishiga ruxsat berildi.

TOShKENT, 17-iyun - Sputnik. Koronavirusga qarshi vaksinaning klinik tadqiqotlari Moskva shahridagi ikkita tibbiy muassasada har biri 38 kishidan iborat ikkita ko‘ngillilar guruhida o‘tkaziladi. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Kuni kecha vazirlik Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazida ishlab chiqilgan COVID-19ga qarshi preparatning odamlarda sinovdan o‘tkazilishiga ruxsat berdi. Ular bugundan boshlandi.

Sotrudnik na proizvodstve molochnix produktov  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada koronavirusga qarshi yogurt shaklida vaksina yaratilmoqda

Mutaxassislar vaksinaning ikki shakli - suyuq va liofilizatsiyalanganini (quruq, suvsizlantirilgan - tahr.) organizmga ta’sirini o‘rganadilar.

“Mushak ichiga yuborish uchun eritma shaklida vaksinani emlash Burdenko nomidagi harbiy gospitalda o‘tkaziladi”, - deyiladi xabarda. Kukun ko‘rinishidagi esa Sechenov universitetida sinovdan o‘tkaziladi.

Ta’kidlanishicha, skrining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadqiqotning ehtimoliy ishtirokchilari ikki hafta davomida sanatoriyda observatsiyada bo‘lishgan. Ularning qarori ixtiyoriydir, ularga muolaja, ehtimoliy foydasi, xavfi va noqulayliklari haqida ma’lumot berilgan.

Rossiya, O‘zbekiston va dunyodagi COVID-19 bilan bog‘liq so‘nggi ma’lumotlar stopkoronavirus.rf va coronavirus.uz portallarida keltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0