01:51 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
111470

Amerikalik aktrisa Anjelina Joli aktyor Bred Pitt bilan ajrashish sababi haqida gapirdi. Uning soʻzlariga koʻra, ajrashish jarayonida jurnalistlar uning sukut saqlashidan foydalanishdi.

TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. Amerikalik aktrisa Anjelina Joli aktyor Bred Pitt bilan ajrashish sababi haqida gapirdi.

© AP Photo / Amy Sancetta

"Men u bilan oilamning farovonligi uchun ajrashdim. Bu toʻgʻri qaror edi", dedi Joli Voguega bergan intervyusida. Aktrisa bu yerda farzandlarini nazarda tutganini aytadi.

Uning soʻzlariga koʻra, ajrashish jarayonida jurnalistlar uning sukut saqlashidan foydalanishdi, bolalar esa ommaviy axborot vositalarida oʻzlari haqida yolgʻon maʼlumotlarni oʻqishdi.

Aktrisa farzandlariga doimiy ravishda "oʻz boshlari bilan oʻylashlari" kerakligini eslatib keladi.

Joli va Pitt 2016 yilda ikki yillik nikohdan va deyarli oʻn yillik munosabatlardan keyin ajrashishdi. Ular orasida oltita farzand bor, ulardan uchtasi asrab olingan.

Asosiy mavzular