23:26 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
1132 0 0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot davomida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdыmuhamedov Moskvaga tashrifni qoldirish uchun muhim sabablarni keltirib oʻtdi.

TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon muloqotida 24 iyun kuni Moskvada boʻlib oʻtadigan Gʻalaba paradiga tashrif buyura olmasligini maʼlum qildi. Bu haqda "Tukrmaniston. Oltin asr" nashri xabar qilmoqda.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Moskvada oʻtkaziladigan Buyuk Gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan tashkillashtiriladigan umumiy bayramda ishtirok eta olmasligi sabablarini tushuntirdi.

Buning boisi 29 iyun kuni turkman yetakchisi 63 yoshga toʻladi - yaʼni u Muhammad (s.a.v.) yoshiga yetadi. Milliy anʼanalarga koʻra, bu sanani oila, yaqinlar va qarindoshlar, butun xalq bilan birgalikda nishonlanadi.

Pandemiya tufayli Turkmanistonda xorijdan keladigan barcha uchun majburiy 14 kunlik karantin joriy etilgan. Demakki, Berdimuhammedov Moskvaga boradigan boʻlsa, ikki hafta oʻz-oʻzini izolyatsiyalashiga toʻgʻri keladi va muhim sanani oilasi bilan birgalikda nishonlashdan voz kechishga toʻgʻri keladi.

Prezident oʻrniga Moskvada oʻtkaziladigan Gʻalaba paradiga Turkmanistondan mudofaa vaziri general-mayor Begench Gundogdыev boshchiligidagi delegatsiya yuboriladi.

Asosiy mavzular