Emomali Rahmonga uyushtirilgan sui’qasd kadrlari e’lon qilindi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishVizit Emomali Raxmona v institut Vostokovedeniya RAN
Vizit Emomali Raxmona v institut Vostokovedeniya RAN - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1997 yil aprel oyida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon sui’qasdni boshdan kechirdi. Ushbu hodisadan 23-yil o‘tgach, hujumning yangi tasvirlari e’lon qilindi

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Tojikiston milliy birdamlik kuni arafasida prezident Imomali Rahmon hayoti haqida noyob videoxronika kadrlari ommaga e’lon qilindi.

1997 yilgi kadrlarda aprel oyining oxirida, Rahmonga ilk sui’qasd uyushtirilgan hodisa aks etgan.

Davlat rahbarining Facebookdagi rasmiy sahifasida paydo bo‘lgan videoda Rahmonning So‘g‘d viloyatiga qilgan tashrifi, shuningdek, o‘sha hujumning noyob kadrlari muhrlangan.

Ushbu sui’qasd 1997-yilning 30-aprel sanasida Tojikiston rahbari mahalliy universitetning 65-yillik yubileyi tantanasida ishtirok etish maqsadida ishchi tashrif bilan Xo‘jandga borganida uyushtirilgan.

Emomali Raxmon v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmon o‘zini musiqiy kliplarda ko‘rishni xohlamaydi

Kadrlarda oliygoh atrofida ko‘plab odamlar to‘plangani aks etgan. Aynan shu vaqtda olomon ichida bo‘lgan yovuz niyatli kimsa prezident tomonga qarata granatani uloqtirgan.

Terroristik akt oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yana 75 kishi, shu jumladan, Emomali Rahmonning o‘zi ham jarohat olgan.

Videoda granataning portlagan tovushi va davomli o‘q tovushlarini eshitish mumkin. Yaralangan fuqarolarni maydondan nosilkalarda olib ketishmoqda. Prezidentni bino ichiga olib kirishga ulgurishadi, ammo u oyog‘idan jarohat oladi.

Videoda shifokorlar chuqur jarohatga ishlov berayotgani ham aks etgan. Sui’qasda qaramay, Tojikiston rahbari universitetdagi tantanali marosimda ishtirok etish qarorini qabul qiladi.

"Bu tojik xalqi dushmani qo‘li bilan amalga oshirilgan. Buni amalga oshirgan - millatimiz dushmanidir", - deya izoh bergan edi Tojikiston prezidenti amalga oshirilgan hujumga.

Gumondor. Sud zalida - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmonga su’iqasd uyushtirmoqchi bo‘lgan terrorchi 8,5 yilga qamaldi

1997 yilgi sui’qasdning ikki tashkilotchisi hibsga olingan va o‘lim jazosiga mahkum etilgan, yana bir jinoyatchi esa qo‘lga olinish davomida yo‘q qilingan edi.

Avval boshda prezidentni o‘limdan Yakub Salimov qutqarib qolgani haqida xabar berilgan edi. U prezidentni vaqtida chetga itarib yuborgan va uni o‘z gavdasi bilan pana qilgan. Televideniya orqali chiqishida Rahmon: "Tojiklar, siz o‘z prezidentingizni kim qutqarib qolganini yodda tutishlaringiz lozim, mening farzandlarim va farzandlarimning farzandlari ham buni hamisha yodda tutadilar!", - degan edi.

So‘ngra Salimov xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish, qurol savdosi, jinoiy guruhlarni tashkil etish va davlat to‘ntarishini amalga oshirishga uringanlikda ayblandi. U Bosh prokuratura talabi bilan 2003-yilda Moskvada hibsga olindi va bir yildan so‘ng Tojikistonga ekstradatsiya qilindi.

Sud uni 15-yillik qamoq jazosiga hukm etdi.

Yaqinda esa Rahmonni boshqa odam - o‘z harakatini ommaga bildirishni istamagan tan soqchi Murod Saidov qutqarib qolgani haqida versiya ilgari surildi.

Yangiliklar lentasi
0