06:52 13 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Dunyoda
Havola olish
600 0 0

Gʻalaba Paradi boshqa sanaga koʻchirilgani muhim emas, muhimi odamlar bugun ham aynan oʻshi tuygʻularni his qilishmoqda.  

TOSHKENT, 25 iyun – Sputnik, Andrey Kots, Yekaterina Petuxova. Moskvada 24 iyun kuni Ikkinchi Jahon urushidagi Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan Gʻalaba Paradi boʻlib oʻtdi. Parad tashkilotchilari uni 1945 yilda boʻlib oʻtgan birinchi Gʻalaba paradga oʻxshatishga intilishdi. RIA Novosti xabariga asosan. 

Oʻsha-oʻsha toʻq kulrang chorqirra toshlar yotqizilgan Qizil Maydon, oʻsha SSH-40 kaskalar ostidan qarab turgan navqiron yuzli askarlar,  afsonaviy T-34 tanklarining uchta-uchta boʻlib oʻtishi – bularning barchasi veteranlarga bundan roppa-rosa 75 yil oldin 1945 yilning 24 iyunida boʻlib oʻtgan paradni eslatdi.

Voyennыy parad v oznamenovaniye 75-letiya Pobedы
Sputnik
Voyennыy parad v oznamenovaniye 75-letiya Pobedы

Veteranlar va nufuzli mehmonlar oʻtirgan tribunalar oldidan 15 mingga yaqin askar va zobitlar gʻolib boʻlgan ajdodlari bayroqlari ostida tantanali saf tortib oʻtishdi.

Nayzalarda quyosh jilosi

Kreml soatida vaqt 09:30. Parad boshlanishiga hali yarim soat vaqt bor, lekin Harbiy kuchlarning turli qoʻshnlari “qutilari”  ( maydondan toʻrtburchak shaklida oʻtuvchi guruhlar korobka,yaʼni qutideyiladi)  allaqachon Qizil maydondan joy olgan. Tomoshabinlar joylaorini egallashmoqda, bu safar ularning soni ancha kamayib qolgan. Jurnalistlar ham kamchillikda, faqat teleopreatorlar va fotokorrespondentlar. Qolganlar Manejdagi press-markazda. Moskvada ommaviy tadbirlar oʻtkazish cheklovlari hali bekor qilinmagani tufayli, Sergey Sobyanin shahar aholisiga paradni uydan tomosha qilishni maslahat bergan edi.

Fotoxost-agentstvo
Voyennыy parad v oznamenovaniye 75-letiya Pobedы

Bugun Moskvada quyoshli ob-havo, harorat +24. 75 yil oldin esa ushbu kunda juda kuchli yomgʻir boʻlib oʻtgan edi, lekin u ham gʻoliblarning tantanali yurishini toʻxtatib qola olmagandi. Parad qoʻmondoni Konstantin Rokossovskiyning nabirasi Ariadna eslashiga koʻra, marshalning kiyimi hoʻl boʻlib, tanaga yopishib qolgan edi, uni yechish uchun yengining choklarini yirtishga toʻgʻri kelgan.  

Bugun esa marosimni Armiya bosh qoʻmondoni, armiya generali Oleg Salyukov boshqarmoqda. Paradni Mudofaa vaziri Sergey Shoygu qabul qilmoqda. Soat roppa-rosa oʻn boʻlganda ular Maydonga kirib kelishdi. Qoʻmondonlar Aurus parad kabrioletlarida turib qoʻshnlarni aylanib, har bir guruhini qutlab chiqishadi. 1945 yilda ham xuddi shu tarzda Jukov va Rokossovskiy Kumir va Polyus laqabli otlarda barcha frontlarining birlashgan polklarini qutlashgan edi.

Shundan soʻng Shoygu "Mashhur boʻl" qoʻshigʻi ostida Qizil maydon markaziga bosh qoʻmondonga qoʻshinlar paradga tayyorligi toʻgʻrisida xabar beradi.

Tarixga hurmat

Parad Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning tantanali nutqi bilan boshlandi. Prezident  markaziy podiumda faxriy mehmonlar bilan birga oʻtirardi. Bundan yetmish besh yil oldin Georgiy Jukov mavzoley ustidagi minbardan turib nutq soʻzlagan edi. Ikkala nutqda ham oʻxshash jihatlari bor. Jukov ham, Putin ham Germaniya va fashistlar ustidan qozonilgan gʻalabada Qizil Armiyaning hal qiluvchi rolini taʼkidladilar. Germaniya asosiy kuchlarini, tanklari va samolyotlarining 75 foizini – aynan Sovet askarlari yoʻq qilgani – alohida taʼkidlab oʻtildi.

© Sputnik / Sergey Pyatakov
Prezident RF Vladimir Putin na voyennom parade v oznamenovaniye 75-letiya Pobedы na Krasnoy ploщadi

Kreml uzra uch karra "Ura!" sadolari yangraydi. Qizil Maydonga Valeriy Xalilov nomidagi Moskva harbiy musiqa maktabining yosh barabanchilar guruhi kirib keladi. 1945 yil 24 iyunda ham Parad ularning tengdoshlari – Suvorovchilar barabanlari sadolari ostida ochilgan edi. Ulardan soʻng Qizil Maydonga barcha kuchlarining faxriy qorovul qoʻshinlari chiqishdi.

Faxriy qorovuldan soʻng Qizil maydonga, Ikkinchi Jahon urushi formasi kiygan 11 ta harbiy qism saf tortib oʻtishdi. Strategik Raketa Kuchlari Harbiy Akademiyasi askarlari esa 75 yil oldin boʻlgani singari frontlar shtandartlarini koʻtarib oʻtishdi. Hammasi avvalgidek: boshida Kareliya fronti eng soʻngida 3-Ukraina fronti shtandarti olib oʻtildi.

Ulardan soʻng Moskva Oliy Qoʻmondonlik oʻquv yurti, piyoda askarlar, uchuvchilar, dengizchilar, muhandislar, razvedkachchilar, chegarachilar va kazaklar oʻtishdi.

Har bir tarixiy forma 1945 yildagi Gʻalaba Paradida askarlar kiygan kiyimning aniq namunasiga muvofiq tikilgan. Matolar va aksessuarlar, ofitserlik kiyimlaridagi naqshlar 1940 yillarda ishlatilganlarga mos keladi. Urush paytida ham ishlagan Volodarskiy nomidagi Sankt-Peterburg tikuvchilik fabrikasi ushbu buyurtmani zudlik bilan bajardi. Qoʻllarida vintovka ushlagan askarlar 1945 yil 24 iyundagi ajdodlarining xuddi oʻzi.

© Sputnik / Pavel Lvov
Voyennыy parad v gorodax Rossii v oznamenovaniye 75-letiya Pobedы

75 yil oldingi paradda faqat bir xorijiy davlat qoʻshinlari ishtirok etgan edi. Oʻshanda Polsha Qurolli kuchlari 1-Belorus fronti tarkibida qadam tashlab oʻtishgan edi. Bugun esa Qizil Maydon boʻylab 13 mamlakatning harbiylari saf tortib oʻtishdi: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Oʻzbekiston, Hindston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Moldova, Moʻgʻuliston, Serbiya, Tojikiston va Turkmanistondan 70tadan askarlar “quti-quti” boʻlib oʻtishdi.

Voyennoslujaщiye VS Uzbekistana vo vremya parada na Krasnoy ploщadi
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Voyennoslujaщiye VS Uzbekistana vo vremya parada na Krasnoy ploщadi

Mehmon qoʻshnlardan soʻng ayol askarlar, suvorovchilar, naximovchilar va yunarmiyachilar saf tortib oʻtishdi. Ulardan soʻng har bir turdagi qoʻshnlarning parad guruhlari oʻta boshladi. 75 yil oldin harbiylar qoʻshn turiga boʻlinmasdan, uchuvchilar, tankchilar va razvedkachilar yagona safda oʻtishgan edi. Oʻshanda faqat vitse-admiral vladimir Fadeyev boshchiligidagi dengizchilar guruhi alohida oʻtishgan.

T-34ning munosib ajdodlari

Qizil maydonga motorlarini guburlatib 31ta T-34-85 tanklari kirib keldi. Bu ushbu mashhur tanklarning soʻnggi yillarda soʻnggi yillarda namoyish etilgan  eng katta toʻplamidir. Oʻtgan yilning yanvar oyida Laos hukumati Rossiyaga 30ga yaqin foydalanishga yaroqli boʻlgan T-34 tanklarini sovgʻa qilgan edi. 1945 yil paradida ham T-34 tanklari ishtirok etgan edi. Ular IS-2 ogʻir tanklari bilan birgalikda 1850tadan iborat jangovar mashinalar qatorida parad soʻnggida maydonga chiqishgan edi.

© Sputnik / Host photo agency / Evgeny Biyatov
Tanki T-34-85 vo vremya voyennogo parada Pobedы na Krasnoy ploщadi

Poʻlat veteranlardan soʻng tomoshabinlarga ilk bor T-90M va T-80BVM yangilangan tanklari namoyish etildi. Artilleriyachilar esa mashhur “Smerch” oʻrniga kelgan eng yangi “Tornado-S” rusumli yoppasiga oʻt ochish tizimida Maydondan oʻtishdi.

Havo mudofaasi qoʻshnlari S-350 “Vityaz” zenit-raketa tizimini namoyish qilishdi. RXBZ (radiatsiya, kimyo va biologik himoya) kuchlari esa – gʻildirakli bazaga oʻrnatilgan ogʻir olov purkash tizimi TOS-2 “Tosochka”ni namoyish qilishdi.  

Eng yangi texnikalar qatorida “Armata” platformasida qurilgan T-14 tanki va T15, Kurganets-25  BMPlari hamda “Bumerang”BTRi va “Koalitsiya-SV” oʻziyurar gaubitsasi namoyish etildi.

© Sputnik / Host photo agency / Ilya Pitalev
Boyevaya mashina podderjki tankov (BMPT) "Terminator" vo vremya voyennogo parada Pobedы

75 yil oldin ob-havo yomon kelgani tufayli paradning havo qismi bekor qilingan, uchishga tayyor turgan 220ta samolyotla aerodromlarda qolgan edi. Bugun esa ob-havo aʼlo keldi. Qizil Maydon uzra Su-35, Su-30, MiG-29SMT, Su-57 qiruvchilari, Su-24M2 va Su-34  bombardimonchi samolyotlari, eng yangi “Xanjar” gipertovushli raketalari bilan jihozlangan Su-25 va MiG-31 samolyotlari saf tortib uchib oʻtishdi. Ulardan tashqari strategik raketa tashuvchi Tu-95 va Tu-160 hamda Mi-35M, Ka-52 va Mi-28 jangovar vertolyotlari uchib oʻtdi.

© Sputnik / Yekaterina Shtukina
Parad v oznamenovaniye 75-letiya Pobedы v Velikoy Otechestvennoy voyne v Moskve

Xuddi 75 yil oldin boʻlgani kabi Parad qoʻshma orkestning “Gʻalaba kuni” qoʻshigʻi ostida tugatildi.

RIA Novosti muxbirlari Parad vaqtida Kreml va uning atroflarida nimalar boʻlgani bilan qiziqishdi.

Politsiya Kremlga yaqin boʻlgan barcha koʻchalarni yopib qoʻygan edi. Shu sabab tibbiy niqob taqqan minglab kishilarga soat 9lardan boshlab katta Ustinskiy koʻprigi oldida va Moskvoretskaya qirgʻoq koʻchasida zich toʻlgan edi. Bu yerdan Paradni hech boʻlmasa uzoqdan turib tomosha qilish mumkin.

- Parad shu yerdkn aniq koʻrinadimi?

- Oldingi yillardan har doim shu yeradn oʻtishardi

- Texnikani qayerdan tomosha qilsa boʻladi?

- Ular kremldan soʻng Yangi Arbat koʻchasiga burilishadi. Yaxshisi Zvenigorod shossesiga borgan maʼqul.

Bir necha daqiqadan soʻng, Moskvoretskaya koʻchasida paradning birinchi boʻlimlari koʻrinadi. Oldinda Qizil Armiya shtandartlari koʻtargan harbiylar. Koʻprikda turganlar ularni Gʻalaba bilan qutlashadi. Askarlar “Ura!” ura deb javob qaytarishadi. Har bir guruh koʻprik ostidan oʻz qoʻshigʻi bilan oʻtmoqda. Kimdir “Gʻalaba kuni”, yana boshqa guruh “Ex Ladoga” qoʻshigʻini kuylashmoqda. Tomoshabinlar ularga joʻr boʻlishdi.

Parad ishtirokchilari biroz yengilroq boʻlsada, lekin haligacha bir xil qadam tashlab saflarini buzmay ketishmoqda. Ular yuqori kayfiyatda ekani shundoq bilinib turibdi. Boltiq dengizi floti dengizchilari koʻprik ustidagi tomoshabinlarga yaqinlashganda, xuddi birov buyruq berilgandek, hammalari bir zum toʻxtab, birgalikda furajkalarini silkitishdi. Tomoshabinlar mamnun boʻlib ularni olqishlashdi.

“Mana bu zoʻr boʻldi, bayramingiz bilan” deb tomoshabinlar yuqori kayfiyatda bir-birlarini qutlashadi. Osmonda samolyotlar qoldirgan rossiya bayrogʻining izi hali tarqalmasdan turib odamlar rasmga tushishga shoshilishdi. Kimdir harbiy texnikani tomosha qilish maqsadida tezda avtomobilga oʻtirib Zvenigorod shossesiga oshiqadi. Koʻprik oldidan T-34 tanklari safi oʻtayotganda tomoshabinlar “Salom onajon, biz barchamiz urushdan qaytmadik” nomli qoʻshiqni kuylashni boshlashadi.

Ayrimlarning koʻzida quvonch yoshlari koʻrindi. Parad boshqa sanaga koʻchirilgani muhim emas, muhimi odamlar bugun ham aynan oʻshi tuygʻularni his qilishmoqda.

Asosiy mavzular