06:17 13 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Dunyoda
Havola olish
992 0 0

Kalingradda Gʻalaba paradi vaqtida tuflisi tushib qolishiga qaramasdan qatorni buzmay qadam tashlashda davom etgan harbiy ayolni munosib taqdirlashdi.

TOSHKENT, 26 iyun - Sputnik. Kalingradda 24 iyun kuni Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan parad vaqtida kutilmagan hodisa sodir boʻldi.

Paradda ishtirok etayotgan harbiy feldsher Kseniya Kalchinskayaning oyogʻidan tuflisi  tasodifan tushib qoladi. Lekin harbiy ayol goʻyoki hech narsa boʻlmaganday barcha bilan bir xil shaxdam qadam tashlashda davom etadi. Kseniya shu tariqa 300 metr masofani bosib oʻtadi.  

Paradni kuzatib turgan minglab tomoshabinlar ham hech narsa sezmay qolishadi. Voqeaga birinchi boʻlib internet foydalanuvchilari eʼtibor berishadi. Ular qatorda ketayotgan qizlarning birining oyogʻida tuflisi yoʻqligini payqab qolishadi va shu zahotiyoq unga Zolushka deb nom berishadi.

Voqeadan xabar topgan Boltiq floti qoʻmondonligi Kseniyaning ushbu jasoratini munosib baholab, unga faxriy yorliq toopshirishdi. Bir necha OAVlar ushbu voqea haqida reportaj tayyorlashdi.

Asosiy mavzular