13:18 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
1082 0 0

Ikkinchi Jahon urushining birinchi kunlaridayoq Politbyuro Lenin jasadini Tyumenga yuborishga qaror qiladi.

Tobut chinordan yasaldi. Tana balzam bilan namlangan choyshabga oʻraldi. Ustiga qalqon qoʻyishdi. Qopqoq bilan yopishdi. Ustini mixlab oʻtirmadilar. Bir necha kundan keyin tobut ochilishi kerak edi. 1941 yil 26 iyunda Leninning jasadini Moskvadan evakuatsiya qilishga qaror qilindi. Sputnik radiosi muallifi Olga Bugrova maqolasiga asosan.

Urushning beshinchi kunida kompartiya Markaziy Komiteti Siyosiy byurosining maxfiy yigʻilishi boʻlib oʻtdi. “1-raqamli obʼyekt”ni Tyumenga olib borishga qaror qilindi. Tanadan tashqari yurak va miyani (alohida saqlanardi), shuningdek yodgorlikni: 1918 yildagi suiqasddan keyin Leninning yelkasidan chiqarib olingan oʻqni olishdi. 3 iyul kuni maxsus poyezd Moskvadan joʻnab ketdi. Unda nima olib ketilayotganini hatto uni kutib olishga hozirlik koʻrishayotgan joydagilar ham bilishmas edi.

Qotil jazirama

Sostav uch vagondan iborat boʻlgan. Vagonlarda birorta ham begona odam boʻlmagan. 20 nafar soqchi va ikkala poyezd haydovchisi ham davlat xavfsizlik xizmati xodimi. Harbiy boʻlmaganlar - biokimyochi Boris Zbarskiy boshchiligidagi shifokorlar guruhi edi.

U 1924 yilda Leninning tanasini balzamlagan va salkam 30 yil davomida uning holatini kuzatgan. Ikkinchi eng qimmat yuk - bu ikkita muzlatgich (harorat -12-15 daraja). Zbarskiy muzlatish moslamalari yoʻlda ishdan chiqib qolishidan qoʻrqqan, poyezddagi issiq havo esa uning "yuklari" xavfli edi. Ammo hammasi yaxshi kechdi va “1-chi raqamli yuk”ga shikast yetmadi. Poyezd uch kunda Tyumenga yetib bordi. Nega aynan shu shaharni tanlashganini “Gorki Leninskiye” muzey-qoʻriqxonasining bosh ilmiy xodimi Svetlana Generalova tahmin qilib koʻrdi: “Ehtimol, Politbyuro yigʻilishida Stalinga oʻzining Sibirga surgun qilinishi boʻyicha biror narsa esiga tushib ketgandir?” Djugashvili haqiqatan ham Tyumenda boʻlgan - hatto rahbarlik paytida, siyosiy surgun sifatida bu shahar orqali yurgan. Ammo bu shahar notoʻgʻri tanlov boʻldi. Iyul oyi boshida u yerda, yopiq maxsus poyezdga qaraganda ancha issiq edi. Va Zbarskiyga maʼkul keladigan bino ham topilmagan - boʻsh, alohida joylashgan, uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlangan: muzlatgichlar bir necha oy yoki hatto yillar davomida kun boʻyi ishlashi kerak edi. Jami 1360 kun oʻtdi. Leninning jasadi Tyumenda shuncha payt qolib ketdi.

Dam olgan va yangilangan

Selxoztexnikum binosini tanladilar. U taʼmirlandi, elektr energiyasi uzatildi. Ichiga Moskvadagi Mavzoley singari “Birinchi raqamli post” joylashtirildi - faqat oʻta maxfiylangan. Toʻsatdan moʻmiyoning qoʻllari qora dogʻlarga toʻla boshladi. Svetlana Generalova aytib beradi:

“Bu zamburugʻ boʻlib chiqdi. Aniqlanishicha, Omskdan yuborilgan tibbiy bint va xalatlar yomon sterilizatsiya qilinganligi sababli paydo boʻlgan. Dogʻlarga formalin bilan ishlov berilganidan keyin gʻoyib boʻldi. Tibbiy kiyim va asboblarni esa mustaqil ravishda oʻzlari sterilizatsiya qila boshladilar. Bundan tashqari, Zbarskiy Lenin jasadini singdirish moddasi tarkibini yaxshilash ustida koʻp ishladi. U oʻz ishini baholash uchun ikki marta Moskvadan komissiya chaqirtirdi”.

Aytishlaricha, Moskvadagi iyun yigʻilishida Stalin: “Leninni Tyumenga olib boringlar, u yerda unga yaxshi boʻladi”, degan. Moskvadan kelgan birinchi komissiya hisobotiga qaraganda, Leninning jasadi juda yaxshi holatda edi. Svetlana Generalova eslatdi: hujjatda “obʼyekt”ning aʼlo saqlanganligi qayd etilgan. Leninning tanasi goʻyoki yangilangandek edi. Moskvadagidan ham yaxshiroq koʻrinardi.

Asosiy mavzular