21:28 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
1313 0 0

Turkmanistonda shu paytga qadar bironta koronavirus infektsiyasiga chalinganlik holati qayd etilmagan, BSST guruhi esa mamlakatga iyul oyi boshida tashrif buyuradi

TOSHKENT, 26 iyun — Sputnik. Koronavirus infektsiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida faqatgina Turkmanistonda qayd etilmagan. Bu nima bilan bogʻliqligi Birlashgan Millatlar Tashkiloti xabarlar xizmatida qayd etilgan.

BMTning Turkmanistondagi vakolatxonasi rahbari Yelena Panovaning soʻzlariga koʻra, mamlakat hukumatidan olinadigan maʼlumotlarga muvofiq, ayni vaqtga qadar COVID-19ga chalinganlik holatlari haqida xabar qilinmagan.

"Ehtimol, sabablardan biri, Turkmaniston hukumati oʻz vaqtida safarlarga cheklovlarni joriy etib, oʻz chegaralarini erta yopganligidadir", - dedi Panova.

Bundan tashqari, Turkmanistonda aholi unchalik zich joylashmagan, bir kvadrat kilometrga 13 kishi va aholi jihatdan zich shaharlar ham yoʻq.

Panovaning taʼkidlashicha, shu bilan birga BMTda Turkmanistonda hozirlab qoʻyilgan diagnostik komplektlar soni haqida ham rasmiy maʼlumot yoʻqligini taʼkidladi. Bunday komplektlar yetarli miqdorda xarid qilingan, deya ishontirayotgan hukumat soʻzlariga tayanishga toʻgʻri kelmoqda.

"Bizga maʼlum boʻlishicha, hukumat karantinga tushgan yoki COVID-19 belgilariga oʻxshagan alomatlar namoyon boʻlayotgan odamlarni testdan oʻtkazmoqda", - deb qoʻshimcha qildi ayol.

Bundan tashqari, qayd etilishicha, BSST guruhi Turkmanistonga tekshiruv uchun iyul oyi boshida keladi. Guruh hukumat bilan birga ish olib boradi va tibbiy muassasalar hamda turli darajadagi tashkilotlarda boʻladi.

Yelena Panovaning aytishicha, Turkmanistonda oddiy hayot davom etmoqda, hech qayer yopilmagan.

"Hech kim niqob taqqani yoʻq, chunki hukumat bunga koʻrsatma bermagan, faqatgina kasalxonalardagi tibbiyot xodimlarining barchasi niqobda. Biz BMTda ijtimoiy masofa saqlanishini talab qilmoqdamiz", - deya xotima qildi Turkmanistondagi BMT vakolatxonasi rahbari.

Asosiy mavzular