07:41 13 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Dunyoda
Havola olish
178020

Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri mamlakat COVID-19ga qarshi vaktsina va test tizimlarni jahon bozoriga yetkazib berishga tayyorligini maʼlum qildi

TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko mamlakat COVID-19ga qarshi vaktsina va test tizimlarni jahon bozoriga yetkazib berishga tayyorligini maʼlum qildi. Bu haqda u “Global maqsad – kelajak uchun birlashamiz” onlayn sammitdagi chiqishi davomida soʻz yuritdi.

Murashko Rossiya pandemiyaning birinchi kunlaridan boshlab Yevropa, Afrika va turli xalqaro tashkilot, jumladan, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga yordam koʻrsatib kelayotganini eslatdi.

“Pandemiyaning ikkinchi toʻlqini xatarini inobatga olgan holda Rossiya jahon bozoriga toʻgʻridan-toʻgʻri virusga qarshi, jumladan, davolash uchun dorilar, test tizim va vaktsina vositalarini yetkazib berishga tayyor”, - deya Murashko soʻzlaridan keltiradi RIA Novosti.

Rossiya vaziri Moskva xalqaro tashkilotlar bilan muloqot qilishga tayyorligini qoʻshimcha qilgan.

Eslatib oʻtamiz, koronavirusga qarshi vaktsinaning klinik tadqiqotlari Moskva shahridagi ikkita tibbiyot muassasada koʻngillilar guruhida oʻtkazilmoqda. Iyul oxiriga qadar ularni yakunlash rejalashtirilmoqda.

Teglar:
vaktsina, koronavirus, Rossiya

Asosiy mavzular