07:12 13 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Dunyoda
Havola olish
98 0 0

Hilmand viloyatidagi chorvachilik bozorida roʻy bergan portlash oqibatida 10 kishi qurbon boʻldi, 15 kishi esa yarador boʻldi.

TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Afgʻoniston janubida joylashgan Hilmand viloyatidagi chorvachilik bozorida roʻy bergan portlash oqibatida 10 kishi qurbon boʻldi, 15 kishi esa yarador boʻldi. Bu haqda RIA Novosti mahalliy manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Manbaning soʻzlariga koʻra, qoʻlbola portlovchi qurilma “Tolibon”* harakat qiladigan Sangin tumanida harakatga kelgan.

Toliblar vakili Zabiulla Mujahid bomba harakatga kelganini inkor qilmoqda. Uning soʻzlariga koʻra, askarlar bozorda minomyot bilan oʻqqa tutishgan. Buning natijasida bir nechta tinch aholi halok va yarador boʻlgan.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Teglar:
Hilmand, portlash, Afgʻoniston

Asosiy mavzular