17:08 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (48)
25601

Koronavirusga topshirilgan test salbiy natija koʻrsatgan. 29 iyun kuni sobiq prezidentni sogʻligʻi yomonlashgani tufayli kasalxonaga yotqizish qarori qabul qilingan

TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevda ikki tomnlama pnevmoniya aniqlandi, u statsionar davolanishga olindi, deb xabar berdi mamlakat milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi (GNKB)ga tayangan holda Sputnik Qirgʻiziston.

29 iyun kuni Atambayev oʻzini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgach, undan koronavirusga test olishgan. Ammo test salbiy natija koʻrsatgan, deyiladi xabarda.

Shu kunning oʻzida shifokorlar onlayn konsiliumi oʻtkazilgan va Atambayevga "kasalxonadan tashqarida yuzaga kelgan ikki tomonlama pnevmoniya" tashxisi qoʻyilib, sobiq prezidentni statsionar davolanishga yotqizishga qaror qilingan.

GNKB SIZOsida uchrashuvlar va qabullar oynali toʻsiq orqali oʻtkazilishi tavsiya etilgan, shu bois jismoniy kontakt holati istisnodir, deya eslatib oʻtadi idora.

GNKBning maʼlum qilishicha, oxirgi haftalarda Atambayev bir necha marotaba oʻz advokatlari va yaqinlari bilan uchrashgan, ular sobiq prezidentga hujjatlar va buyumlarni shaxsan topshirganlar.

GNKB maʼlumotiga koʻra, virusli infektsiyaning alohida belgilari aniqlangan advokat Zamir Jooshev Atambayevning yaqin qarindoshi bilan aloqada boʻlgan shaxs hisoblanadi. Atambayev qarindoshi hozirda Issiq-Ota tumanidagi kasalxonada davolanmoqda.

SIZOning oʻzi odatiy ishchi tartibda faoliyat yuritmoqda, barcha xodimlar tekshiruvdan oʻtgan, koronavirus ularda aniqlanmagan, deya qoʻshimcha qiladi idora.

Oʻtgan haftada sud Atambayevni kriminal avtoritet Aziz Batukayevni ozod etish boʻyicha ish yuzasidan aybdor deb topib, uni davlat mukofotlari va mulkini musodara qilib, 11 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilish toʻgʻrisida qaror chiqargan edi". Shuningdek, unga qarshi Qoʻy-Tosh qishlogʻidagi voqealar boʻyicha ham jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (48)

Asosiy mavzular