21:54 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Dunyoda
Havola olish
193 0 0

Gap Rossiya fuqarolari orasida yaqin qarindoshlari bor chet elliklar haqida ketmoqda. Qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.

TOSHKENT, 30 iyun - Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyada yaqin qarindoshlari boʻlgan chet el fuqarolari uchun mamlakatga kirishni soddalashtirish niyatida.

Bu haqda “Kommersantʼ” nashriga bergan intervyusida vazirlik rahbarining oʻrinbosari Yevgeniy Ivanov maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, hozirda ushbu toifadagi odamlar uchun koʻp marotabalik shaxsiy vizalarni olish imkoniyatini taʼminlaydigan qonun faol ishlab chiqilmoqda.

Ular oʻz arizalarida Rossiya fuqarolari boʻlgan yaqin qarindoshlarini koʻrsatib oʻtishi kerak boʻladi. Ivanovning soʻzlariga koʻra, ushbu jarayon  “RF IIBning hududiy organlari orqali taklifnomalar berish zaruriyatini yoʻq qiladi”.

Kimlar rossiyalik qarindoshining iltimosiga binoan bunday vizani olishi mumkin:

  • ota-onalari;
  • eri (xotini);
  • bolalari (shu jumladan voyaga yetganlar);
  • toʻlaqonli yoki toʻlaqonli boʻlmagan aka-uka va opa-singillari (umumiy otasi yoki onasi boʻlgan);
  • nevaralari;
  • Rossiya fuqarolarining bobo va buvisi.

Bundan tashqari, TIV bunday vizalarning amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha alohida ishlamoqda. Xususan, ushbu hujjatga asosan Rossiya hududida bir yil davomida hech qanday cheklovlarsiz qolishiga imkon berish rejalashtirilmoqda.

Asosiy mavzular