20:44 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (959)
156 0 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbarining soʻzlariga koʻra, garchi koʻp mamlakatlar muayyan bir yutuqqa erishgan boʻlsa-da, global pandemiya aslida jadallashmoqda

TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Dunyoda COVID-19 pandemiyasi tarqalishi ayrim davlatlarda vaziyat yaxshilanganiga qaramasdan tezlashmoqda. Bu haqda  Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus maʼlum qildi.

“Garchi koʻp mamlakatlar muayyan bir yutuqqa erishgan boʻlsa-da, global pandemiya aslida jadallashmoqda. <...> Barchamiz ushbu pandemiya yakunlanishini xohlaymiz. Hammamiz oʻz hayotimiz bilan yashashni istaymiz. Ammo achchiq haqiqat shuki, u hatto yakunlanishga ham yaqin emas”, - dedi u.

Gebreyesus 30 iyun kuni tashkilot Xitoyda yangi turdagi pnevmoniya oʻchogʻi haqidagi birinchi xabar olganiga roppa-rosa yarim yil boʻlishi taʼkidladi.

Shuningdek, u olti oy oʻtib dunyoda kasallanganlar 10 million nafardan oshgani, 500 ming kishi vafot etganini qoʻshimcha qildi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (959)
Teglar:
koronavirus

Asosiy mavzular