16:27 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
77820

"Vektor" markazi tomonidan ishlab chiqilgan uch xil vaktsina - "Rossiyada" ishlab chiqilgan vaktsinalar orasida eng samaradori deb topildi.

TOSHKENT, 30 iyun - Sputnik. Koronavirus infektsiyasiga qarshi vaktsinasining uchta prototipi muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazildi, deb xabar beradi RIA Novosti “Vektor” markazi bosh direktori Rinat Maksyutovga tayanib.

“Hozirgi kunda COVID-19 kasalligiga qarshi vaktsinalarning uchta prototipi immunitetni shakllantirish qobiliyatiga oid sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtdi. Bular olingan natijalar boʻyicha dori vositalarning eng ilgʻoridir”, - dedi Maksyutov RIA Novostiga.

Uning taʼkidlashicha, markazda 100ta hodimdan ortiq bir necha guruhlar yangi avlod vaktsinalari ustida ishlamoqda.

“Eng muhimi, vaktsinatsiya qilinadiganlarni kasallikdan himoya qilish. Bu himoyani yaratadigan xavfsiz dorini yaratish eng katta qiyinchilik”, - dedi Maksyutov.

Avvalroq, Bosh vazir oʻrinbosari Tatyana Golikova “Vektor” markazini COVID-19ga qarshi vaktsina yaratishda yetakchilardan biri deb atadi.

Koronavirus pandemiyasi dunyoning deyarli barcha davlatlarini qamrab oldi. Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga koʻra, kasallanganlarning umumiy soni 9,8 milliondan oshdi, ulardan 495 ming kishi vafot etdi.

Rossiyada 641 mingdan ortiq koronavirus infektsiyasi holati aniqlandi. 403 mingdan ortiq bemor davolandi.

Oʻzbekistonda kasallanganlar soni 8222 tani, davolanganlar 5496 kishini tashkil etadi. 24 kishi vafot etdi

Rossiya, Oʻzbeksiton va dunyoda COVID-19 bilan bogʻliq vaziyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar stopkoronavirus.rf ma coronavirus.uz portallarida keltirilgan

Asosiy mavzular