18:00 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
564 0 0

Rossiyada amaldor va mashhurlarning har qanday qoidabuzarligi ularning qattiq jazolanishiga olib kelmoqda.

TOSHKENT, 30 iyun - Sputnik. Ijevsk shahri maʼmuriy sudi Rossiya Savdo va sanovat vaziri oʻrinbosari Dmitriy Zavyalovning ishini koʻrib chiqib, unga 2 rubl jarima yozdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Maʼlum boʻlishicha Zavyalov Ijevsk shahri aeroportida, oʻrnatilgan xavfsizlik talablariga rioya qilmaslikda ayblangan. Amaldor 5 aprel kuni aeroportga kirish vaqti aviachiptasini koʻrsatmagan va politsiya xodimiga hurmatsizlik qilgan.

Ushbu voqea aks etgan video internetda keng tarqalib ketganidan soʻng, “Yedinaya Rossiya” partiyasi uni oʻz safidan chiqargan edi. Bu ham yetmagandan sanoat va savdo vaziri Zavyalovning bu qilmishi qoralab chiqqan edi. Birozdan soʻng uni ishdan ham boʻshatishdi, rasman “lavozim bekor qilinishi munosabati bilan”.

Darhaqiqat, Rossiyada oxirgi vaqtlarda fuqarolar va oddiy mavqedagi davlat xizmatchilarini mensimagan amaldorlarga nisbatan tez va keskin choralar koʻrilmoqda. Chuvashiya Respublikasi gubernatori Mixail Ignatyev ishi esingizdami? Yangi mashinalar kalitini oʻt oʻchiruvchilarga topshirish vaqtida gubernator kalitni baland koʻtarib oʻt oʻchiruvchini sakrashga majbur qilgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning ushbu harakati “mensimaslik” deb baho berildi va qattiq qoralandi. Gubernator “ishonchni yoʻqotgani” sababi bilan ishdan olindi.

Xuddi shunday taqdir oʻzini tutishni bilmagan sanʼat va sport yulduzlarlarini ham chetlab oʻtayotgani yoʻq.

Oʻtgan yili Rossiya terma jamoasi aʼzolari Kokorin va Mamev kafeda uyushtirgan janjali uchun bir necha oy qamoqda oʻtirib chiqqan edi. 

Yaqinda taniqli aktyor Yevremov ishtirokida sodir boʻlgan YTH boʻyicha surishtiruv haligacha davom etmoqda. Jamoatchilik tomonidan aktyorning ushbu harakati qattiq qoralanmoqda. Aktyor ogʻir kasalligi tufayligina uy qamogʻida boʻlib turibdi.

Kechagina yana bir “yulduz” sobiq balerina Anastasiya Volochkova ham karantin tufayli kirish taʼqiqlangan ayollar monastiriga kirib borgani va politsiya xodimlariga mensimaslik qilgani maʼlum boʻldi. RIA Novosti xabariga koʻra Volochkova va uning haydovchisini sud va jarima kutmoqda.

Asosiy mavzular