19:16 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
695 0 0

Virus yaqinda oʻzini namoyon qilgan, uning tarqatuvchisi choʻchqalar sanaladi, ammo infektsiya odamlarga ham yuqishi mumkin

TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Xitoyda olimlar yangi pandemiyani keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan ilgari maʼlum boʻlmagan choʻchqa grippi shtammini aniqladilar. Ular oʻtkazgan tadqiqot natijalari Proceedings of the National Academy of Sciences ilmiy jurnalida eʼlon qilingan.

Maqola mualliflarining taʼkidlashiga koʻra, virus yaqinda oʻzini namoyon qilgan, uni choʻchqalar tarqatgan, ammo infektsiya odamlarga ham yuqishi mumkin. Tadqiqotchilar Xitoyning oʻntacha provintsiyasida 2011 yildan 2018 yilga qadar choʻchqa grippini kuzatib borganlar. Shu vaqt ichida choʻchqalardan 30 mingga yaqin burun mazoklari olingan. Buning natijasida choʻchqa grippini chaqiradigan 179 turdagi gripplarni ajratishga muvaffaq boʻlingan.

Serologik tadqiqotlar choʻchqalarni parvarishlash ishlarida qatnashgan 338 ishchining 35 nafarida (10,4 %) ushbu shtammga antitanachalar borligini koʻrsatgan.

Ushbu antitanachalar aksariyat hollarda 18 dan 35 gacha boʻlgan yosh toifasidagi odamlarda ishlab chiqilgan.

Tadqiqotchilar fikriga koʻra, hozirgi virusning oʻziga xos xususiyatlari shundan iboratki, u mutlaqo yangi, shu paytgacha tarqalgan choʻchqa gripplariga mutlaqo oʻxshamaydi, odamlarda ham bu virusga qarshi immunitet juda past yoki umuman mavjud emas.

Asosiy mavzular