01:55 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Dunyoda
Havola olish
283 0 0

Sal oldin The New York Times Rossiya harbiy razvedkasi toliblarga aloqador boʻlgan jangarilarga Afgʻonistondagi harbiy xizmatchilarga hujum uyushtirish uchun goʻyoki mukofot puli taklif qilgani haqidagi maqolani chop etgan edi

TOSHKENT, 1 iyul - Sputnik. Amerikaning NYT nashri Rossiyaning toliblar bilan "til biriktiruvi"ga doir yangi maqolani chop etdi.

Maqolada anonim manbalarga tayangan holda taʼkidlanishicha, goʻyoki rossiya razvedkasiga taalluqli bank hisob-raqamidan toliblar hisob raqamlariga yirik moliyaviy oʻtkazmalar amalga oshirilganiga doir elektron maʼlumotlarni qoʻlga tushirishga muvaffaq boʻlingan. Mualliflar fikricha, aynan shu holat Rossiya Afgʻonistondagi radikal uyushmani qoʻllab-quvvatlayotgani dalili hisoblanadi.

Shu bilan birga, Pentagon Rossiyaning Afgʻonistondagi amerikalik harbiy xizmatchilarga qarshi dushmanona harakatlar dalili mavjud emasligini maʼlum qilgan. Bu haqda mudofaa idorasi rahbari Mark Esper bayonot bergan.

"Barcha xodimlarimizni ishontirmoqchimanki, vazirlik amerika harbiy personaliga qarshi barcha potentsial tahdidlarni jiddiy koʻrib chiqadi", - degan Esper.

Sal oldin The New York Times Rossiya harbiy razvedkasi toliblarga aloqador boʻlgan jangarilarga Afgʻonistondagi harbiy xizmatchilarga hujum uyushtirish uchun goʻyoki mukofot puli taklif qilgani haqidagi maqolani chop etgan edi.

AQSH prezidenti Donald Tramp, New York Timesdagi maqolaga sharh berar ekan, uni "navbatdagi buyurtma" deb atadi, va na oʻziga, na vitse-prezidentga, na Oq uy apparatiga shu paytgacha hech kim ruslar Afgʻonistondagi AQSH qoʻshinlariga hujum uyushtirganlari haqida maʼlumot yetkazmaganligini taʼkidladi.

Oʻz navbatida, "Tolibon" radikal harakati vakillari Afgʻonistonagi xalqaro koalitsiya kontingentiga hujum uyushtirish uchun pul mablagʻlari organliklari haqidagi maʼlumotlarni rad etdi.

Asosiy mavzular