16:59 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
436 0 0

Rossiyada faqat bir hudud Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgarishlarga qarshi chiqdi, lekin asl sabab Konstitutsiya emas - hududning qoʻshni viloyatga qoʻshib olinishiga boʻlgan urinish, - deydi IHK raisi.

TOSHKENT, 2 iyul – Sputnik. Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari kengashi (IHK) raisi Valeriy Fadeyev kecha boʻlib oʻtgan Konstitutsiyaga oʻzgarish kiritish haqidagi ovoz berishda, Nenetsk avtonom okrugi (NAO) nima sababdan qarshi ovoz berganiga va uning Arxangelsk viloyati bilan qoʻshilishiga izoh berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Rossiya Konstitutsiyasiga oʻzgarish kiritish boʻyicha ovoz berish 25 iyundan 1 iyulga qadar boʻlib oʻtdi. Uning natijalariga koʻra 77,92% rossiyaliklar – oʻzgarishlarga rozi boʻlishdi, 21,27 % - esa qarshi ovoz berishdi. MSQ raisi Ella Pamfilova soʻzlariga koʻra ovoz berishda aholining 65 % ishtirok etgan. Nenetsk avtonom okrugida aholining 54,57 %i Konstitutsiyaga oʻzgarish kiritishga qarshi boʻldi, 44,42 % - oʻzgarishlar tarafdori boʻlgan.

“Bir hududdan tashqari, boshqa barcha hududlar Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgarishlarga rozi boʻldi. Eslatib oʻtaman, 1993 yilda 17 ta hudud oʻzgarishlarni qoʻllab-quvvatlamagan edi. Bugun esa Nenetsk avtonom okrugidan boshqa barcha hududlar uni qoʻllab quvvatlashdi. Menimcha buning sababi maʼlum: kimdir avtonom viloyatni Arxangelsk viloyatiga qoʻshib olmoqchi boʻlgan..., Viloyat aholisi esa hech kimga qoʻshilishni xohlamayapti. Shuning uchun ham norozilik ruhida ovoz berishgan”, - dedi Fadeyev press-brifingda.

Fadeyev shuningdek fuqarolar ovoz berish jarayonida faol ishtirok etishganini va hech qanday qoidabuzarlik qayd etilmaganini ham aytib oʻtdi.

Nenetsk avtonom okrugi (NAO) Rossiya Federatsiyasining mustaqil subʼyekti, lekin Arxangelsk viloyati ustaviga koʻra, okrug uning tarkibiga kiradi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2 aprel kuni Arxangelsk viloyati gubernatori Igor Orlovni isteʼfoga chiqarib sobiq NAO gubernatori Tsыbulskiyni uning oʻrniga v.b. etib tayinlagan edi. NAOga esa Yuriy Bezdudnыy  v.b. etib tayinlagan edi.

Eslatib oʻtamiz, may oyining oʻrtasida Arxangelsk viloyati va Nenetsk avtonom okrugini birlashtiri yangi subʼyekt tashkil qilish haqida memorandum qabul qilingan edi. Tsыbulskiy aytishga qaraganda ushbu hujjat ikki hududni darhol birlashtirishni nazarda tutmaydi. Hozir muhimi ikki viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonini boshlash. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun kelajakda ikki hududni birlashtirishga toʻgʻri kelsa buni baribir aholining oʻzi hal qiladi.

Asosiy mavzular