05:48 27 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1379)
172 0 0

Epidemiologik vaziyat yomonlashgani tufayli Qozogʻiston hukumati 5 iyuldan qoʻshimcha karantin cheklov choralarini joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

TOSHKENT, 2 iyul — Sputnik. Qozogʻiston hukumati respublikada epidemiologik vaziyat yomonlashgani tufayli 5 iyuldan 14 kunlik qoʻshimcha karantin cheklov choralarini joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Karantin joriy etish toʻgʻrisida qaror prezident Qosim-Jomart Toqayev topshirigʻiga muvofiq bosh vazir Asqar Mamin raisligidagi davlat komissiyasi yigʻilishida qabul qilindi.

Unga koʻra Qozogʻistonda ikki hafta davomida ommaviy tadbirlar oʻtkazish taqiqlanadi. Goʻzallik salonlari, yopiq bozorlar, diniy muassasalar, maktabgacha taʼlim muassasalari, savdo markazlari va boshqa qator obʼyektlar faoliyati toʻxtatiladi. Shuningdek, odamlarning harakatlanishi cheklanadi. Xususan, uch nafardan ortiq odam birgalikda koʻcha va xiyobonlarda yurishi, yoshi 65 dan oshganlarning koʻchaga chiqishi cheklanadi. Viloyatlararo yoʻlovchi transport harakati toʻxtatiladi. Jamoat transporti faoliyati vaqt bilan chegaralanadi.

Taʼkidlanishicha, karantin cheklovlari zaruriyat paydo boʻlsa, uzaytirilishi yoki yanada qatʼiylashtirilishi mumkin.

Qozogʻiston koronavirus sabab joriy etilgan cheklovlarni 11 may kuni bekor qilgan edi. Oʻshandan buyon koronavirus bilan kasallanish 7 baravarga koʻpaydi.

Soʻngi maʼlumotlarga koʻra, Qozogʻistonda koronavirus bilan  bogʻliq 42,5 mingdan (jumladan, rasmiy statistikaga kiritilmaydigan kasallik alomatsiz kechayotgan bemorlar) ziyod holat qayd etilgan. 14 mingdan ziyod kishi kasallikni yenggan. 188 kishi esa virus qurboniga aylangan. Bu mintaqadagi eng yuqori koʻrsatgich.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1379)
Teglar:
Qozogʻiston, koronavirus

Asosiy mavzular