22:52 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Dunyoda
Havola olish
114030

Afrikaning Botsvana shimolida bir necha hafta davomida sirli tarzda 350 bosh fil oʻldi. Fillar oʻlimi haqida birinchi marta may oyining oʻrtalarida xabarlar paydo boʻldi.

TOSHKENT, 2 iyul — Sputnik. Afrikada Botsvana shimolida bir necha haftada sirli tarzda 350 bosh fil oʻldi, deb xabar qildi The Guardian.

Fillar oʻlimi haqida birinchi marta may oyining oʻrtalarida xabarlar paydo boʻldi.

Hayvonlarning qoldiqlari mamlakat shimolidagi Okavango daryosi yaqinida topilgan. Iyun oʻrtalariga kelib 170 bosh filning tanasi topildi.

Bir kun avval Britaniya Milliy Parkni qutqaruv xayriya tashkilotining tabiatni muhofaza qilish boʻyicha direktori Nayl Makkann OAVlarga sirli tarzda oʻlim holatlari soni 350 taga yetganini maʼlum qildi.

"Kamida 350 fil oʻldi – bu juda hayratlanarli. Botsvanada Afrika fillarining uchdan birida yashaydi, ularning 10 foizi shu hududda joylashgan, shuning uchun vaziyat fillarning umumiy populyatsiyasiga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin", dedi Makken.

Aerosuratlarda fillarning jasadi deyarli 70 foizi hayvonlar suv ichadigan joyda boʻlgani aks etgan.

Hayvonlarning ommaviy oʻlishi sabablari nomaʼlum. Taxminlarga koʻra, bu tajovuzkor patogen yoxud zaharlash. Kuydirgi infektsiyasi bilan bogʻliq versiya tasdiqlanmadi.

“Fil tanalarida brakonyerlar tomonidan bu ish qilingani haqida izlar yoʻq”, - dedi  Botsvana hukumatining yovvoyi tabiat boʻyicha mintaqaviy direktori Dimakatso Ntshebe.

Fillarning ommaviy oʻlishi sabablarini aniqlash boʻyicha tadqiqot ishlari davom etmoqda.

Asosiy mavzular